Mardiev To‘lqin Kulibaevichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi  haqida  e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan, fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari ifodalanishining konseptual tahlili», Ixtisoslik 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi: ro‘yxatga olingan raqam B2017.3.PhD/Fil243.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshankulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.29.06.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Muhammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Usarov Ibrohimjon Kurpashaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston  davlat jaxon tillar  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida mehr-muhabbat, baxt, qalb (yurak),  do‘stlik kabi konseptlarining verballashuvini  tahlil etishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ularini ifodalovchi mehr-muhabbat, baxt, qalb, do‘stlik kabi lisoniy birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari, verballashuvi chog‘ishtirish yo‘li bilan ochib berilgan;
inson tuyg‘ularini ifodalovchi mehr-muhabbat, baxt, yurak, do‘stlik konseptlariga xos umumiy va alohida lingvomadaniylik tushunchalarining leksik-semantik, mental va struktural xususiyatlari asoslangan;  
ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ularini ifodalovchi mehr-muhabbat, baxt, yurak va do‘stlik konseptlarning leksik-semantik va etik mohiyati chog‘ishtirish orqali aniqlangan;  
ingliz va o‘zbek tillarida mehr-muhabbat, baxt, yurak va do‘stlik konseptlarining kognitiv-derivatsion xususiyatlarini aniqlash asosida frazeologik birliklar yordamida inson tuyg‘ularining ifodalanishi dalillangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari ifodalanishining konseptual tahlili mavzusidan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari ifodalanishining konseptual tahlili mavzusidagi dissertatsiya materiallaridan OT–F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89–03–3552-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda tahlilga tortilgan (cord, friend) kabi konseptlari talqinida derivatsion nazariyaning ish usullari ham qo‘llanilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari ifodalanishining konseptual tahliliga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat  va ma’rifat markazi tomonidan 2016–2017 yillarda amalga oshirilgan innovatsiya dasturi bo‘yicha I-2016-1-33 raqamli “Milliy g‘oya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3552-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlari mazmundorligini oshirishda xizmat qilgan;
tadqiqotning umumiy va o‘ziga xos lingvomadaniylik jihatlaridan Qo‘mitaning 2018 yilga mo‘ljallangan aniq amaliy chora-tadbirlari, xususan, 2018 yil 19 iyun` kuni “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati “Chet tillarini o‘qitishda xorij tajribasi va xorij mutaxassislari bilan hamkorlikning ahamiyati” mavzusida seminar-treningda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3552-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish uchun xizmat qilgan.
ingliz va o‘zbek tillarida inson tuyg‘ulari ifodalanishining konseptual tahliliga oid xulosalardan Xindiston elchixonasi qoshidagi Lal Baxadur Shastri nomidagi Xindiston madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan  madaniy tadbirlarda foydalanilgan (Xindiston madaniyat markazining 2019 yil 7 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari O‘zbekiston va Xindiston mamlakatlari bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish