Shamaxmudova Aziza Furkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fantarmog‘i nomi): “Bilvosita nutqiy aktlarni muloqot matnida voqelantiruvchi etnopragmatik omillar” (ispan tili misolida), 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.3.PhD/Fil338.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.29.06.2019.Fil/Ped. 83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxamadovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Bahronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bilvosita nutqiy aktlarning ispan muloqot matnida voqelanishiga ta’sir etuvchi etnosotsiopragmatik omillarni, xususan, nutq sub’ektlarining yoshi, ijtimoiy maqomi, ma’lumoti kabilar bilan bog‘liq holda tavsiflash va ularning ustuvor xususiyatlarini belgilashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilvosita nutqiy aktlarning voqelanishida ko‘zlangan kommunikativ maqsad va muloqot samaradorligiga erishish tamoyillari aniqlangan;
turli muloqot vaziyatlarida intensiyaning tagma’noli ifodalanishi sabablari til tizimiga xos leksik-grammatik ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda, idioetnik maqomga ega nolisoniy omillar bilan bog‘liqligi dalillangan;
harakatga undash faoliyatining ispan tili sohiblariga xos bo‘lgan milliy-madaniy va muloqotchanlik xususiyatlari ochib berilgan;
ispan tili sohiblari orasida eng ommalashgan harakatga undash shakllari sifatida nutqiy muloqot odobiga mos keladigan konvensional bilvosita nutqiy aktlar namoyon bo‘lishi isbotlangan;
kommunikativ maqsadning bevosita yoki bilvosita ifodalanishiga ta’sir etuvchi etnopragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladigan muloqot muhitini uning ishtirokchilarining ijtimoiy-ierarxik pog‘onalarda tutgan o‘rniga nisbatan ijtimoiy munosabatlar guruhlariga ajratib tahlil etish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bilvosita nutqiy aktlarni diskursda faollashtiruvchi etnopragmatik omillarni aniqlash asosida:
bilvosita nutqiy tuzilmalarda lokutiv kuchning namoyon bo‘lishida muloqot matnining o‘rni va ahamiyatini aniqlash, semantika va pragmatika munosabatini intensional tahlil asosida ko‘rsatib berish, pragmalingvistikaning konseptual tamoyillar va tadqiqot metodlari tatbiqi bo‘yicha olingan xulosalar OT–F8–062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26-sentyabrdagi 89-04-1856-son ma’lumotnomasi). Ushbu fundamental loyiha doirasida nutqiy tuzilmaning shakllanishiga milliy-madaniy nuqtai nazardan qarash, semantik, pragmatik jihatdan matn derivatsiyasi muammolarini tadqiq etish usullarini yanada boyitish uchun xizmat qilgan;
bilvosita nutqiy aktlarni diskursda voqelantiruvchi etnopragmatik omillar tahlili, ispan tilida direktiv intensiyani ifodalashda ishtirok etuvchi lisoniy shakllarning harakatga undashni ifodalash vositasi sifatida qo‘llanilishi, muloqot maqsadining ifodalanishiga nutq sub’ektlarining milliy-madaniy xususiyatlari ta’siri borasida olingan natijalardan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26-sentyabrdagi 89-04-1856-son ma’lumotnomasi). Natijada, etnopragmatik omillarning nutqiy strategiyaga ta’sirini aniqlash yo‘llari “Nazariy grammatika va fonetika”, “Qiyosiy tilshunoslik”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
bilvosita nutqiy aktlarni diskursda voqelantirish shakllariga ta’sir etuvchi etnopragmatik omillar, harakatga undashni bevosita va bilvosita ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarning muloqot maqsadining voqelanishiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha xulosalar “5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish”, “5111400-Xorijiy til va adabiyoti”, “5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda “5A120201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassisliklarining malaka talablariga singdirilgan(Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 89-04-1856-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Qiyosiy tarjimashunoslik”, “Stilistika va matn tahlili”, “Lingvistik tahlil metodlari” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga asos bo‘lgan. Natijalar tatbiqi mazkur fanlarni o‘qitishning sifati va samaradorligi, talabalarning ushbu fanlar bo‘yicha bilimlarining oshishi va o‘quv materiallarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bilvosita nutqiy aktlarning voqelanishida ko‘zlangan kommunikativ maqsad va perlokutiv samaraga erishish tamoyillari bo‘yicha olingan xulosalar asosida Samarqand viloyat teleradiokompaniyalari “STV” va “STR” teleradiokanalarining o‘quv-ma’rifiy hamda ilmiy ommabop eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “STV” teleradiokanalining 2019 yil 14 avgust dagi ST/2-1-119-son va Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi “STR” teleradiokanalining 2019 yil 11 oktyabrdagi 09-02/277-sonma’lumotnomasi). Natijalar tinglovchilarda tagma’noli muloqot samarasini oshirishga xizmat qilgan va eshittirishlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
kommunikativ maqsadning bevosita yoki bilvosita ifodalanishiga ta’sir etuvchi etnopragmatik omil sifatida namoyon bo‘ladigan muloqot muhitini uch turdagi ijtimoiy munosabatlar guruhlariga ajratib tahlil etish usullari natijalaridan Ispaniyaning Kastiliya La Mancha Universitetida tahsil olayotgan talabalarni nutqiy muloqot harakatiga undash strategiyasini aniqlash maqsadida foydalanilgan (Kastiliya La Mancha Universiteti xalqaro aloqalar va uzluksiz ta’lim Departamentining 2019 yil 3 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada kommunikativ strategiyani belgilash ko‘nikmalarini shakllantirish harakati jadallashgan.