Xasanov Jasurbek Mamatqodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «H.M. Abdullaevning O‘zbekiston fani rivojidagi o‘rni va ilmiy merosi», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi, 07.00.02–Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar101.
Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.31.01.2019.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmedov Ashraf, tarix fanlari doktori; Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  H.M.Abdullaevning keng ko‘lamdagi va boy ilmiy merosi, hayoti, faoliyati, uning yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashdagi tashkilotchiligi, tashabbuskorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Habib Abdullaevning hukumat a’zosi va geolog olim sifatida front va front ichkarisini zarur resurslar bilan ta’minlash va strategik ahamiyatdagi qazilma boyliklarni qidirish va ishga solishdagi ishtiroki Bekobod metallurgiya kombinatining ishga tushirilishiga, Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi rivojlanishiga muhim hissa bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan;
XX asrning 40–50-yillarida O‘zbekistonga Markazdan taklif etilgan ilmiy mutaxassislar mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashda kutilgan natijani bermaganligi bois, Habib Abdullaev tashabbusi bilan 1957–1962 yillarda o‘zbekistonlik yosh olimlarni sobiq ittifoqning yetakchi ilmiy markazlari aspirantura va doktoranturasiga yuborish orqali milliy ilmiy kadrlar tayyorlash muammosi echimini topganligi ochib berilgan;
olimning sa’y-harakati bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasida 1956–1962 yillarda “metallurgiya”, “mashinasozlik”, “tog‘ ishlari”, “avtomatika”, “rangli va nodir metallar texnologiyasi va kimyosi”, “o‘simliklar biokimyosi va fiziologiyasi”, “tuproqshunoslik”, “melioratsiya” kabi yangi ixtisosliklar ochilganligi aniqlangan;
1956–1962 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi aspiranturasiga qabul qilinganlarning 50% ini mahalliy millat vakillari tashkil etganligi va Ya.G‘ulomov, O.Eshonov, X.Inoyatov, Sh.Shomag‘diev, X.Po‘latov, G‘.Rashidovlarni qobiliyatiga qarab ish bilan ta’minlash yoki lavozimga qo‘yishdagi Habib Abdullaevning faoliyati markaz tomonidan millatchilikda, tanish-bilishchilikda asossiz ayblangani hamda tanqid-tazyiqqa uchragani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
H.M. Abdullaevning O‘zbekiston fani rivojidagi o‘rni va ilmiy merosi asosida:
Habib Abdullaevning geologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlari, O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, xususan, Andijonda neft` konining ochilishi, Bekobod metallurgiya kombinatini tashkil etishdagi ishtiroki, Ikkinchi jahon urushi yillarida hukumat raisi o‘rinbosari lavozimidagi tashkilotchilik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda amalga oshirgan mustamlakachilik siyosati (1940–1960 yillar)” mavzusidagi ekspozision rejalarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 01-11-08-5061-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar O‘zbekistonda xalq xo‘jaligini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan H.M.Abdullaev faoliyatining murakkab jarayonlari tarixini yoritishga xizmat qilgan;
Habib Abdullaevning 1956–1962 yillarda O‘zbekiston xalq xo‘jaligi uchun mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlashdagi tashabbusi va tashkilotchiligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tarkibida o‘nga yaqin yangi ilmiy-tadqiqot muassasalarini tashkil etish orqali mahalliy ilmiy kadrlar tayyorlash tizimli yo‘lga qo‘yilishiga oid materiallardan “Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspedisiya jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan ilmiy nashrlarda foydalanilgan (“Meros” xalqaro ilmiy-amaliy ekspedisiya jamoat fondining 2018 yil 27 noyabrdagi 0/53-son ma’lumotnomasi). Bu materiallar H.M.Abdullaevning O‘zbekistonda fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini har taraflama o‘rganish va bu bo‘yicha yangi tarixiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish