Qurbonov Parda Axmedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bayron ijodida sharq va sharqona motivlar tavsifi (qiyos va tarjima)”, 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil375. 
Ilmiy rahbar: Xolbekov Muxammadjon Nurqosimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi IK raqami: Samarqand davlat chet tilar instituti, PhD. 29.06.2019.4.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Baqoeva Muhabbat Qayumovna   filologiya fanlari doktori, Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bayron ijodida Sharq va sharqona motivlarning kelib chiqish manbalarini va diniy an’analar talqinini keng qamrovda tahlil etishni o‘rganishda uni yakka holda emas, balki G‘arbiy Evropada romantizmning vujudga kelishi va taraqqiyoti konteksti bilan bog‘lab o‘rganish orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy Evropa romantizm davri adabiyoti ilohiy sirlarga, diniy falsafa, ruh qudrati, xalqparvarlik, haqiqat va adolat uchun kurashchanlik, inson va tabiat muammolariga qiziqishi ochib berilgan;
Bayronning «Kain» va Fitratning «Shaytonning tangriga isyoni» asarlaridagi poetk g‘oyalarning o‘xshashligi va tafovutlari aniqlanib, diniy-mifologik fabula va obrazlar orqali badiiy syujet va xarakterlarni, asosiy poetik g‘oyani ochishga xizmat qilishi asoslangan; 
Bayron va Fitrat asarlaridagi ozodlik, tenglik, hurfikrlik va gumanistik g‘oyalarning o‘ziga xos jihatlari dalilangan; 
Bayron dramasida Qobil va Hobil (Avel) voqeasi asar syujetining asosi ekanligi, Fitrat asariga bu voqea kiritilmaganligi, Bayron dramasida Lyusifer-Shaytonning go‘zal,  ulug‘vor qiyofada ko‘rsatilganligi va Fitrat asarida esa o‘ta takabbur qilib tasvirlanishi isbotlangan;
IV. Natijalarning joriy qilinishi. 
Bayron ijodida sharq va sharqona motivlar tavsifi muammosini milliy va jahon badiiy tafakkuri kontekstida tipologik tadqiq etish, adabiyotshunoslik nazariyasi ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
romantizm oqimining yirik vakili, mashhur ingliz shoiri J.G.Bayron va ushbu davr ijodkorlari asarlarining paydo bo‘lishi, janri, badiiy asarlar asosida xalqlarning madaniyati, tarixi, urf-odati, turmush tarzi, an’analari va milliy qadriyatlariga oid xulosalardan FA-F1-G040 raqamli «O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: tipologiya ta’sir» mavzusidagi fundamenal loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 89-03-2854-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi XX asr o‘zbek  nasrini boshqa xalqlar adabiyoti bilan qiyosiy o‘rganishda, xususan, tipologiya, adabiy ta’sir kabi qiyosiy adabiyotshunoslikning muhim muammolarni yoritishda ma’lum darajada xizmat qilgan; 
Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari o‘rtasidagi dialogning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga oid xulosalardan OT-F8-002 raqamli «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 89-03-2854-son ma’lumotnomasi). Natijada J.G. Bayron va A. Fitrat ijodlari qiyosiy tahlili orqali Sharq va G‘arb mutafakkirlarining inson haqidagi fikrlari tahlili bo‘yicha nazariy umumlashmalar chiqarishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyat radiosining «Kitob va kitobxonlik» turkum eshittirishlari doirasida «Bayron ijodi va kitobxon mulohazasi» nomli radio-ocherk ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 22 apreldagi 12-15-535-son ma’lumotnomasi). Radiotinglovchilarga ingliz romantizmi adabiyoti, J.G.Bayron ijodi, asarlarining rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimalari haqida qimmatli ma’lumotlar berish orqali eshittirishlar saviyasining oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish