Jumaniyazov Damir Quo‘atbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turkiston ASSRdagi Amudaryo viloyati tarixi (1920–1924 yillar)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.2.PhD/Tar138.
Ilmiy rahbar: Koshhanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Qaxramon Kenjaevich tarix fanlari doktori, professor; Karlibaev Makset Abdibaevich tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston ASSRdagi Amudaryo viloyatining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy holatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1918–1919 yillarda Turkkomissiya va markaz tomonidan Amudaryo bo‘limining ichki ishlariga harbiy aralashuvining davom ettirilishi hamda “Sovetlashtirish” siyosatining faollashuvi hududda milliy-ozodlik harakatining vujudga kelishiga va mazkur jarayonda milliy yetakchilarning yangi qatlamining etishib chiqishiga sharoit yaratganligi asoslab berilgan;
sobiq sovet hokimiyatining Amudaryo viloyatida amalga oshirgan «natsionalizatsiya» siyosati viloyat xalq xo‘jaligida iqtisodiy o‘sishning pasayishiga, natijada ishsizlarning boshqa joylarga ko‘chishi hududda aholi sonining keskin kamayib ketishiga olib kelganligi aniqlangan;
1921–1924 yillarda Amudaryo viloyatida o‘tkazilgan er-suv islohotlari er masalasidagi muammolarni hal etishda ijobiy va salbiy natijalarni qayd etib, bir tomondan jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashga imkon bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan erga munosabat borasidagi chora-tadbirlar qishloq va ovullardagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni keskinlashtirishga xizmat qilganligi yoritib berilgan;
milliy-hududiy chegaralanish davrida bol`sheviklarning kadrlar siyosati yangi shaklga kirganligi oqibatida davlat apparatidagi mansablarni egallash va xizmat pog‘anasidan ko‘tarilish uchun partiya organlarining roziligi zarur bo‘lganligi, qolaversa, kadrlar bo‘yicha qarorlarni tayyorlash, muhokama qilish va qabul qilishda o‘ziga xos tizim, hatto ta’lim tizimiga ham qo‘yilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turkiston ASSR dagi Amudaryo viloyati tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Bugungi kunda Vatan tarixining turli davrlariga oid voqealarni qayta o‘rganish, xolis yoritish uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, sovet totalitar tuzimining yurtimizda olib borgan siyosati, uning oqibatlari XX asrning birinchi choragida Amudaryo viloyati tarixi doirasida ko‘rib chiqilib, mahalliy millat vakillarining xizmati, ularning begunoh qatag‘on qilinishini ochib beruvchi ilmiy natijalari Qoraqalpog‘iston turkum telekanalining «Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni» munosabati bilan bog‘liq teleko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2017 yil 4 sentyabrdagi 01-02/357-son ma’lumotnomasi). Mazkur yangilik va takliflar ko‘rsatuvning ob’ektiv, xolis yondashuv asosida tayyorlanishi tomoshabinlarda xalqimiz o‘tmishiga bo‘lgan qiziqishining tarbiyaviy jihatini oshirish imkonini bergan;
Amudaryo bo‘limining va viloyatining tashkil topishi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Shuxrat» muzeyining «Mustaqillik milliy g‘ururimiz» nomli bo‘lim ekspozisiyasini yoritishda keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 13 sentyabrdagi 2-03/836-son ma’lumotnomasi). Muzey eksponatlari orasidan joy olgan ajdodlarimizning XX asr boshidagi turmush tarzi hamda xo‘jaligi, madaniyati haqida guvohlik beruvchi noyob foto lavhalar va arxiv ma’lumotlari muzeyga tashrif buyuruvchilarda ushbu davr bo‘yicha keng va asosli ma’lumot olish hamda Vatan tarixini ob’ektiv o‘rganish imkonini bergan;
Sovet totalitar boshqaruv tizimining Amudaryo viloyatida siyosiy markazlashtirish uchun olib borgan ishlari bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ekspozisiyalarining “Sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va totalitar tuzumning qaror topishi”, “1937–1938 yillardagi siyosiy qatag‘onlar” mavzusidagi bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 2-04/1297-son ma’lumotnomasi). Bunda Amudaryo viloyati boshqaruv tizimining shakllanishi va holati, hukumat va tashkilotlarning faoliyati, partiya organlarining o‘zaro va markaz bilan siyosati arxiv manbalari asosida ochib berilgan.