Ashurov Baxtiyor Shokirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «XVI–XVII asrlarda milliy musiqiy tafakkur rivojining zamonaviy talqini», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San32.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarali Rajabov tarix fanlari doktori; Djumaev Aleksandr Babaniyazovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVI–XVII asrlarda yaratilgan Najmiddin Kavkabiy hamda Darvesh Ali Changiylarning “Risolai musiqiy” asarini o‘rganish, amaliyot bilan bog‘lagan holda ushbu risolalarning ilm-fanda tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki risoladagi amal, kor, rexta kabi musiqiy shakllar, bastakorlar ijodiyoti va ular bilan bog‘liq mumtoz asarlarning cholg‘u kuylari peshrav shakli asosida yaratilganligi isbotlangan;
musiqiy risolalarning tuzilish tartibi va ijro shakllarida o‘zbek mumtoz musiqasiga xos “sabki Buxoro” uslubining ajralib turuvchi savt, naqsh, zarbayn janrlar xususiyatlari aniqlangan;
ulug‘ ustodlar tomonidan tasniflangan zarbul qadim, xazaj, ufar doyra usullarining musiqiy risolalar mazmunida aks etishi sarahbor, tasnif, peshravlar bilan asoslangan;
milliy maqomshunoslikda yangi janr va ashulalar, mahalliy uslublar shakllanishi zaminida o‘n ikki maqom tizimi bilan yaqin aloqadorlikda Buxoro Shashmaqomi yuzaga kelgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XVI-XVII asrlarda milliy musiqiy tafakkur rivojining zamonaviy talqini (Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy “Risolai musiqiy”lari asosida) tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mumtoz musiqasi shakllar rivojiga oid muhim ilmiy ma’lumotlar, musiqaga oid nazariy xulosalar «Iskusstvo makoma v tvorchestve uzbekskix bastakorov i kompozitorov» nomli xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 9 avgustdagi 01-11-14-1748-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar o‘zbek mumtoz musiqiy shakllar rivojlanish bosqichlarini oydinlashtirishga sabab bo‘lgan;
milliy maqom san’atidagi ikki risolada amal, kor, rexta kabi musiqiy shakllar, bastakorlar ijodiyoti va ular bilan bog‘liq mumtoz asarlarning cholg‘u kuylari peshrav shakli asosida yaratilganligi haqida olingan natijalar “Yoshlar” radiokanali orqali efirga uzatilgan “Maqomot” turkum eshittirishi ssenariysida foydalanilgan (“Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 20 avgustdagi 14-03-291-son ma’lumotnomasi). Pirovardida radiotinglovchilar shu asosda maqom san’atidagi usullar haqidagi muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar;
musiqiy risolalar va shu asosda rivoj topgan o‘n ikki maqom haqidagi natijalardan O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida faoliyat yuritayotgan bastakorlar va musiqashunoslar sho‘’ba majlislarida milliy maqomshunoslikning janr va ashulalari, mahalliy uslublar shakllanishiga asoslangan holda foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2019 yil 13 maydagi 01-04/88-163-son ma’lumotnomasi). Pirovardida yosh bastakorlar va musiqashunoslar o‘n ikki maqom ijodiyoti haqida yanada yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lganlar.