Usmonov Kaxramonjon Akbaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tizimini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt424.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Dilshod Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshod Alijonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tizimi va metodologiyasini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat byudjeti soliqli daromadlarini tarmoqlar bo‘yicha soliq solish bazasidagi aniq hisoblangan o‘zgarishlardan kelib chiqib prognozlashtirish taklif qilingan;
«qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini tiklash» yo‘li bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumlarini prognozlashtirish tizimini takomillashtirish taklif qilingan;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi hisoblangan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining kelgusi yildagi miqdorini, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqa soliq stavkalarining kamayishi natijasida soliq to‘lashdan bo‘shagan mablag‘lar hisobiga, shuningdek norasmiy sektorda ishlovchilar faoliyatini qonuniylashtirish samaralarini hisobga olgan prognozlashtirish zarurligi asoslangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va er solig‘ini, har bir ob’ekt bo‘yicha soliq summasining eng kam qiymatlarini belgilash orqali prognozlashtirish zarurligi asoslangan;
davlat byudjeti soliqsiz daromadlarini, oxirgi uch yildagi o‘rtacha o‘sish sur’atlaridan kelib chiqib prognozlashtirish o‘rniga, undiruvchi idoralar ma’lumotlariga ko‘ra amalga oshirilgan yuridik harakatlar soni dinamikasi va tarkibi o‘zgarishidan kelib kelib chiqib prognozlashtirish taklif qilingan;
davlat byudjeti daromadlari prognozini iqtisodiy tasnifdan tashqari tashkiliy tasnif – to‘lovchilar kesimida belgilash natijasida davlat byudjeti daromadlari prognozini bajarishda mahalliy hokimiyat idoralari va tarmoqlar rolini takomillashtirish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida» qarorida ko‘rsatib o‘tilgan parametrlarni ishlab chiqishda Moliya vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat byudjeti daromadlari prognozini oshirish orqali Davlat byudjeti defisitini kamaytirish imkoni yaratilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirish va mavjud imtiyozlarni bekor qilish orqali «qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjiri» tiklash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 sentyabrdagi PF-5837-son «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq solish bazasi kengayishi hisobiga davlat byudjeti daromadlarini prognozi oshirishga imkon yaratilgan;
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining kelgusi yildagi miqdorini, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda boshqa soliq stavkalarining kamayishi natijasida soliq to‘lashdan bo‘shagan mablag‘lar hisobiga, shuningdek norasmiy sektorda ishlovchilar faoliyatini qonuniylashtirish samaralarini hisobga olgan prognozlashtirish taklifi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlari parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini oshirish imkoni yaratilgan;
jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i va er solig‘ini, har bir ob’ekt bo‘yicha soliq summasining eng kam qiymatlarini belgilash orqali prognozlashtirish taklifi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlari parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy byudjetlarga qo‘shimcha daromadlar prognozini belgilashga imkon yaratilgan;
davlat byudjeti soliqsiz daromadlarini undiruvchi idoralar ma’lumotlariga ko‘ra amalga oshirilgan yuridik harakatlar soni dinamikasi va tarkibi o‘zgarishidan kelib kelib chiqib prognozlashtirish to‘g‘risidagi taklif Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilgi Davlat byudjeti daromadlari parametrlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda qo‘llanilishi soliqsiz to‘lovlar bo‘yicha tushumlarni o‘tkazilayotgan islohotlarga mos ravishda prognoz belgilanishiga asos bo‘lgan;
davlat byudjeti daromadlari prognozini tashkiliy tasnif asosida –to‘lovchilar kesimida belgilash to‘g‘risidagi taklif Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilgi davlat byudjeti daromadlari prognozini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi DS/03-02-32/4635-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy hokimliklarning soliq va to‘lovlarni yig‘ishda mas’uliyati oshib, davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish