Tuychieva Maxfuza Umarkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “5–7-sinflar adabiyot darslarida o‘zlashtiriladigan o‘quv materiallarini takomillashtirish tizimi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.2.PhD/Ped154.
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Safo Matchanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Valijon Abdurahmonovich  pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 5–7-sinf adabiyot darslarida berilgan o‘quv materiallarini tadqiq etish va ularni takomillashtirishning nazariy- metodik asoslarini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
5–7-sinf adabiyot darslarida o‘zlashtiriladigan o‘quv mazmunining psixologik, pedagogik va didaktik imkoniyatlari badiiy asarni o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni (yozuvchi biografiyasi: mul`timediali, asar: illyustratsiyali, savol va topshiriq: tarqatmali, maqola: mimikali, ohangli) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot darslarida badiiy matnni o‘zlashtirish metodikasi o‘quv materiallarini shakllantirishda o‘smirlik yosh davri xususiyatlaridan kelib chiqib, adabiy ta’limning kreativ komponentlari tarkibiga analitik tafakkurni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
adabiyot fanidan o‘quv materiallarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv “O‘qishlilikning Flesh indeksi” ga moslikni ta’minlashda o‘quvchi yosh psixologiyasi xususiyatlari va mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida  ishlab chiqilgan;
darsliklaridagi  o‘quv materiallari ustida ishlashga qo‘yiladigan metodik talablar matnlarning tuzilishi(yaxlitlik, tugallanganlik, to‘ldiruvchilik, muvofiqlik) va emotsional xossalariga (to‘lqinlantirish, qiziqtirish, kechinmalar yorqinligi va yaqinligi) muvofiq o‘quv me’yorlarini (badiiy yuksaklik, uslub va janr jihatdan xilma-xillik, o‘zlashtirish imkoniyatlari) belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
5–7-sinflar adabiyot darslarida o‘zlashtiriladigan o‘quv materiallarini takomillashtirish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5–7-sinf adabiyot darslarida o‘zlashtiriladigan o‘quv mazmunining psixologik, pedagogik va didaktik imkoniyatlarini takomillashtirsh, badiiy asarni o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni aniqlashtirishga oid takliflaridan F3-2016-0909111822XT raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2016-2018 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabridagi 89-03-3950-son ma’lumotnomasi).Ushbu loyiha doirasida darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmunini kengaytirish, o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga ongli immunitetni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, bilim va iqtidorni rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan;
adabiyot fanidan o‘quv materiallarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv,“O‘qishlilikning Flesh indeksi”ga moslikni ta’minlashda o‘quvchi yosh psixologiyasi xususiyatlari va mustaqil ishlash ko‘nikmalariga oid takliflari IOT-2012-1-37 raqamli “O‘zbek pedagogik ensiklopedik so‘zligi” (2013-2014 yy.) mavzusidagi ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabridagi 89-03-3950-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha o‘zbek pedagogik ensiklopedik so‘zligini boyitishga xizmat qilgan;
adabiyot darslarida badiiy matnni o‘zlashtirish metodikasini takomillashtirish, adabiy ta’limning kreativ komponentlari tarkibiga analitik tafakkurni rivojlantirish ko‘rsatkichlarini kiritish, darsliklaridagi  o‘quv materiallari ustida ishlashga qo‘yiladigan metodik talablar, matnlarning tuzilishi va emotsional xossalariga muvofiq o‘quv me’yorlariga oid takliflardan F1-XT-0-16955 raqamli “Telekommunikativ tizimni globallashtirish sharoitida maktab o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalashning fundamental muammolari” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabridagi 89-03-3950-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha yoshlarning o‘smirlik davrida analitik tafakkurini rivojlantirish asosida ahloqiy tarbiyalash metodlarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining adabiyot darslarida o‘quvchilarda tayanch va xususiy kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish