Alieva Gozzal Alievaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ijtimoiy infratuzilmalar rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt431.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qaroqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal` Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda ijtimoiy infratuzilmalar rivojlanishini  boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muqobil resurslar taqsimotini ta’minlaydigan ichki integratsiya boshqaruvi konvergensiya konsepsiyasiga tayangan holda  mintaqaviy tengsizlikni baholash asosida takomillashtirilgan; 
hudud ijtimoiy infratuzilmasi rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholash mezoni aholi turmush sifati va mehnatga layoqatli aholi migratsiyasi jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning integrallashgan ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
hudud ijtimoiy infratuzilmasini boshqarishning tashkiliy mexanizmi ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatida kooperativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mehnatga layoqatli aholi migratsiyasini tartiblashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shartnomoviy munosabatlarni bozor tamoyillari  asosida shakllantirish,  aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv asosida takomillashtirilgan;
ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini boshqarishning iqtisodiy mexanizmi aholi turmush sifatini demografik, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning integral ko‘rsatkichi orqali baholash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy infratuzilmalar rivojlanishini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muqobil resurslar taqsimotini ta’minlaydigan ichki integratsiya boshqaruvini konvergensiya konsepsiyasiga tayangan holda  mintaqaviy tengizlikni baholash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ijtimoiy-iqtisodiy sohalari faoliyatini rivojlantirishda foydalanish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 01/688-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy sohalari faoliyatini rivojlantirishga va boshqarish imkoniyatlarini oshirishga erishilgan;
hudud ijtimoiy infratuzilmasi rivojlanishini boshqarish samaradorligini bahola  mezonini aholi turmush sifati va mehnatga layoqatli aholi migratsiyasi jarayoni o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning integrallashgan ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha  berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 01/688-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud ijtimoiy infratuzilma sohalarining iqtisodiy samaradorligi 12,0 foizga oshgan;
hudud ijtimoiy infratuzilmasini boshqarishning tashkiliy mexanizmini ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari faoliyatida kooperativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mehnatga layoqatli aholi migratsiyasini tartiblashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, shartnomoviy munosabatlarni bozor tamoyillari  asosida shakllantirish,  aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hudud ijtimoiy infratuzilmasi boshqaruvi faoliyatida foydalanish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 01/688-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud ijtimoiy infratuzilmasi boshqaruvi samaradorligi oshishi natijasida aholining bandlik darajasini 7 % ga oshishi ta’minlangan; 
ijtimoiy infratuzilma rivojlanishini  boshqarishning iqtisodiy mexanizmini aholi turmush sifatini demografik, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning  integral ko‘rsatkichi orqali baholash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining ijtimoiy infratuzilmalar rivojlanishini boshqarish faoliyatida foydalanish uchun joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 01/688-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi ijtimoiy infratuzilmalar rivojlanishini boshqarish samaradorligini 10,0 foizga oshirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish