Azimova Shaxnoza Samukdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tijorat banklarining kredit faoliyatini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash yullari”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt942.
Ilmiy rahbar: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston tijorat banklarining kreditlash faoliyatini innovatsion rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan taklif va amaliy tavsilarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
to‘lov qobiliyatining yuqori darajasiga ega bo‘lgan mijozlar guruhlarini shakllantirish asosida tijorat banklari likvidligini oshirish orqali kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash jarayonini kengaytirish taklif etilgan;
kreditlarning daromadliligi va tavakkalchiligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajasi kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi bo‘yicha 0,5 foiz, muammoli kreditlar bo‘yicha 3 foiz, sof foizli spred  bo‘yicha 1,25 foiz, sof foizli marja ko‘rsatkichi bo‘yicha 4,5 foiz miqdorida bo‘lishi asoslangan;
jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan innovatsion kreditlar R2R texnologiyasi asosida kreditlash, kredit kartalari bo‘yicha kreditlash, on-layn kreditlash xajmini oshirish asosida tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiyasi darajasini oshirish taklif etilgan;  
kredit tavakkalchiliklarini boshqarishning  kredit derivativlarini qo‘llash, foizli to‘lovlarni cheklash, kreditlash limitlarini o‘rnatish  innovatsion usullarini qo‘llash yo‘li bilan klassifikatsiyalangan kreditlar strukturasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekiston tijorat banklarining kredit faoliyatini innovatsion rivojlantirishni ta’minlash yullari bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:  
Kredit liniyasi ochish, tijorat banklari likvidligini oshirish, likvidlik va to‘lov qobiliyatining yuqori darajasiga ega bo‘lgan mijozlar guruhlarini shakllantirish yo‘li bilan kreditlashning shakllarini qo‘llash miqyoslarini kengaytirish “Uzsanoatkurilishbank” ATBning kredit siyosatida aks etgan (“Uzsanoatkurilishbank”ning 2019 yilning 19 iyulidagi 05-3-01-13-706/5366–son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni tadbiq etish natijasida bankning joriy likvidligi 57 foiz oshishi ta’minlangan; 
Kreditlarning daromadliligi va xavfliligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalarini ta’minlash yo‘li bilan kreditlar shakllaridan kompleks foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish xaqidagi taklif  “Uzsanoatkurilishbank”ning kredit siyosatiga kiritilgan (“Uzsanoatkurilishbank”ning 2019 yilning 19 iyulidagi 05-3-01-13-706/5366–son  ma’lumotnomasi). Bu taklifni tadbiq etish natijasida bank kredit portfelidagi muddati o‘tgan kreditlarning solishtirma vazni amalda 0,2 foizga kamaygan. 
Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan innovatsion kreditlar xajmini oshirish yo‘li bilan tijorat banklari kredit portfeli diversifikatsiyasi darajasini oshirish bo‘yicha taklif “Uzsanoatkurilishbank”ning kredit siyosatiga kiritilgan (“Uzsanoatkurilishbank”ning 2019 yilning 19 iyulidagi 05-3-01-13-706/5366–son  ma’lumotnomasi). Bunday taklifni tadbiq etish natijasida jismoniy shaxslarga bank tomonidan taqdim etilgan kreditlar xajmi 2,5 barobar ortgan.   
Kredit xavfini boshqarish innovatsion usullarini qo‘llash orqali klassifikatsiyalangan kreditlar strukturasini yaxshilash bo‘yicha taklif “Uzsanoatkurilishbank”ning kredit siyosatiga kiritilgan (“Uzsanoatkurilishbank”ning 2019 yilning 19 iyulidagi 05-3-01-13-706/5366–son  ma’lumotnomasi). Bunday taklifni tadbiq etish natijasida bank klassifikatsiyalangan kreditlarining umumiy xajmidagi standart kreditlar ulushi 2,1 foizga ortgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish