Shamsiev O‘ktam Baxriddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilaviy xolding – bola ijtimoiylashuvining psixologik mexanizmi”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/R10.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Psi.01.07.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rasulova Ziyoda Abduborievna, psixologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilaning 3-oyidan boshlab go‘dakning 5-6, 8-9 oylik rivojlanish davrida ona xolding tajribasi sifati va xususiyatlarining o‘zaro aloqasi hamda ushbu jarayonning bola ijtimoiylashuv darajasiga ta’sirini o‘rganish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada bola ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi ona xolding tajribasi sifatlari “qabul qilish”, “kuyunchaklik”, “muloqotga o‘rgatish sub’ekti”, “predmetlar bilan harakatga o‘rgatish sub’ekti” kabi onalik sifatlari aniqlangan;
oilaviy xolding tajribasini tavsiflovchi yetakchi ijtimoiy-psixologik omillar (oila psixologik rel`efi, erning oiladagi statusi hamda homilador ayol va onaga munosabat) aniqlangan;
oilaviy xolding tajribasini shakllantiruvchi onalik sifatlarining harakat mexanizmlari – affektiv, kognitiv, refleksiv va operatsional jabhalari tasdiqlangan;
oilaviy xolding va ona tajribasi doirasida namoyon bo‘luvchi onalik sifatlari asosida ijtimoiy ustanovka komponentlari (affektiv, kognitiv, va operatsional) ilk marotaba ilmiy jihatdan aniqlangan;
ona xolding tajriba sifati va xususiyati belgilari go‘dakning rivojlanishi hamda ijtimoiylashuvi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan mualliflik ishlanmasi tavsiflanib, empirik ma’lumotlarga asoslangan holda uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oilaviy xolding – bola ijtimoiylashuvining psixologik mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oilada bola ijtimoiylashuviga ta’sir etuvchi ona xolding tajribasi sifatlari “qabul qilish”, “kuyunchaklik”, “muloqotga o‘rgatish sub’ekti”, “predmetlar bilan harakatga o‘rgatish sub’ekti” kabi onalik sifatlari aniqlanib, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi P-M-14-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxs ijtimoiylashuvi mexanizmlarini tadqiq etish jarayoni metodologik manbasi boyitilgan;
oilaviy xolding tajribasini tavsiflovchi yetakchi oila psixologik rel`efi, erning oiladagi statusi hamda homilador ayol va onaga munosabat kabi ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liq natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi P-M-14-son ma’lumotnomasi). Bu oilaviy xolding tajribasini aniqlash ishlarining ilmiy-amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
oilaviy xolding tajribasini shakllantiruvchi onalik sifatlarining harakat mexanizmlari – affektiv, kognitiv, refleksiv va operatsional jabhalari tasdiqlangan bo‘lib, olingan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi P-M-14-son ma’lumotnomasi). Natijada aniqlangan oilaviy xolding tajribasini shakllantiruvchi onalik sifatlari Markazning ilmiy-amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
oilaviy xolding va ona tajribasi doirasida namoyon bo‘luvchi onalik sifatlari asosida ijtimoiy ustanovka komponentlari ilk marotaba ilmiy jihatdan aniqlanganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi P-M-14-son ma’lumotnomasi). Natijada bu Markaz psixologlariga oilaviy xolding va ona tajribasi doirasida namoyon bo‘luvchi onalik sifatlari asosida ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirishda individual yondashuvni qo‘llash samaradorligini oshirishga yordam bergan;
ona xolding tajriba sifati va xususiyati belgilari go‘dakning rivojlanishi hamda ijtimoiylashuvi uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan mualliflik ishlanmasi tavsiflanib, empirik ma’lumotlarga asoslangan holda uning samaradorligi isbotlangan ilmiy ma’lumotlar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-amaliy markazining 2019 yil 20 noyabrdagi P-M-14-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.