Maxamadjanov Farxod Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchilarni xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.Phd/Ped 453.
Ilmiy rahbar: Musaev Baxrom Baxtiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston  davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Komilov Jamoliddin Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh futbolchilarning trenirovka jarayoni samaradorligini, ularning yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh futbolchilar tayyorgarligini majmuaviy nazorat qilish uchun birinchi marotaba stabil informativ testlar ushbu yosh guruxlari uchun ishlab chiqilgan;
yillik tayyorgarlik siklda 13-17 yoshli futbolchilarning jismoniy, texnik va funksional tayyorgarlik darajalari aniqlangan;
sinaluvchilarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda funksional va texnik-taktik tayyorgarligini oshiruvchi zahira sharoitlari (optimal yuklamalari) aniqlangan;
yosh futbolchilarning xususiyatlarini inobatga olgan holda yillik siklning har xil davrlari va bosqichlaridagi o‘quv-trenirovka rejalari (trenirovkalar ketma-ketligi, xajmi, maxsus va nomaxsus mashqlar) takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yosh futbolchilarni xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yosh futbolchilarining amaliy tayyorgarligiga umumiy va maxsus jismoniy sifatlar hamda fuksional tayyorgarligini nazorat qilish testlari “Planirovanie i postroenie godichnogo sikla pri podgotovke futbolistov detsko-yunosheskogo vozrasta” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil  8 maydagi 03-08-08-111-son ma’lumotnomasi). Natijada barqarorlik koeffisenti 0,75 dam kam emasligi aniqlangan;
yosh futbolchilarning test natijalari ishonchlilik ko‘rsatkichlari oshgan: umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 17,5%; maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 15,3%lar “Planirovanie i postroenie godichnogo sikla pri podgotovke futbolistov detsko-yunosheskogo vozrasta” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil  8 maydagi 03-08-08-111-son ma’lumotnomasi). Natijada funksional tayyorgarlik bo‘yicha 11,1%ga o‘sgan;
musobaqa jarayonida 14-15 yoshli futbolchilarning TTH samaradorlik koeffisienti natijalari “Planirovanie i postroenie godichnogo sikla pri podgotovke futbolistov detsko-yunosheskogo vozrasta” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil  8 maydagi 03-08-08-111-son ma’lumotnomasi). Natijada 14 yoshli futbolchilarning TTH samaradorlik koeffisienti 0,56dan 0,62gacha, 15 yoshli futbollarning 0,62dan 0,68gacha oshgan;. 
yillik siklning turli davrlari uchun dasturlar tadbiq etilgan. 14-15 yoshli futbolchilarning jismoniy sifatlari va funksional tayyorgarligi rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar taklif etilgan va “Planirovanie i postroenie godichnogo sikla pri podgotovke futbolistov detsko-yunosheskogo vozrasta” nomli o‘quv qo‘llanmada aks etirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 8 maydagi 03-08-08-111-son ma’lumotnomasi). Natijada  Toshkent shahar chempionatida birinchi o‘rin egallagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish