Asadov Shavkat G‘aybulloevichning
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–«Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Yu73.
Ilmiy rahbar: Husanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrulla Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori, Boboqulov Inomjon  Ibragimovich, yuridik fanlar doktori, professor; Qutibaeva Elizaveta Duysenbaevna yuridik fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida davlat suverenitetini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurashish, huquq tartibot, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishtirokiga oid vakolatlarini kuchaytirish O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni bilan asoslantirilgan;
davlat suverenitetini ta’minlash sharti sifatida O‘zbekiston Respublikasiga hujum yoki tajovuzlardan mudofaa qilish bilan bog‘liq harbiy va favqulodda holat, hududiy mudofaa, fuqaro muhofazasi hamda mudofaaning harbiy-iqtisodiy ta’minotini rivojlantirish borasida O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunini takomillashtirish lozimligi asoslab berilgan; 
markaziy va mahalliy organlar o‘rtasida muvozanatni o‘rnatuvchi huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash orqali davlat suverenitetini ta’minlashda tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlarini ishtirok etishi zarurati O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunini takomillashtirish bilan asoslantirilgan; 
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (xalqaro hukumatlararo tashkilot)ni tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga (2009 yil 3 oktyabr`) qo‘shilish orqali O‘zbekistonga turkiy tilli mamlakatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash va qo‘shnichilikni mustahkamlash lozimligi asoslantirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari bo‘yicha alohida 91-modda “terrorizmga qarshi kurashishda, huquq tartibotni, shuningdek jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi; terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi” qo‘shimcha sifatida kiritilib joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga huquq tartibot, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, terroristik harakatlarni oldini olish bo‘yicha vazifalarni yuklanishi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining himoyasini kuchaytirishga xizmat qilgan; 
O‘zbekiston Respublikasining “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonuniga Mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari (5-modda), Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari (8-modda), Mamlakat mudofaasiga va Qurolli Kuchlariga rahbarlik qilish (9-modda), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga hujum yoki tajovuzlardan mudofaa qilish bilan bog‘liq Harbiy va favqulodda holat, hududiy mudofaa, fuqaro muhofazasiga oid 4-bobi hamda mudofaaning harbiy-iqtisodiy ta’minoti (29-modda) bo‘yicha takliflari joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 26 sentyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar davlat suverenitetini ta’minlash sharti sifatida O‘zbekiston Respublikasiga hujum yoki tajovuzlardan mudofaa qilish bilan bog‘liq harbiy va favqulodda holat, hududiy mudofaa, fuqaro muhofazasi hamda mudofaaning harbiy-iqtisodiy ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan. 
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining ishtirok etishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24 va 251-moddalariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 18 sentyabrdagi 06/1-51-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar markaziy va mahalliy organlar o‘rtasida muvozanatni o‘rnatuvchi huquqiy mexanizmlarni belgilash natijasida davlat suverenitetini mustahkamlashga xizmat qilgan; 
xalqaro hukumatlararo Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi faoliyatini va turkiy tilli mamlakatlar hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasida birodarlik, do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlash, tinchlikni saqlash, xavfsizlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgani hamda uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga to‘liq mos tushishiga oid takliflarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimi (Naxichevan, 2009 yil 3 oktyabr`) ratifikatsiya qilinishi bilan joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 19 noyabrdagi 10/1-782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekistoning Turkiy tilli davlatlar: Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi qardosh respublikalar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohada hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun zamin yaratgan hamda O‘zbekiston suverenitetini ta’minlashga hissa qo‘shgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish