Salimov Baxodir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik sanoat zonalarining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt583.
Ilmiy rahbar:  Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.02.2019.I.03.06 
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Mamlakat Abdikadirovna, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor; Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda kichik sanoat zonalarini barpo etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning iqtisodiy, ilmiy-texnik va infratuzilma jihatidan rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda yuqori texnologik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalariga joylashtirish asoslangan;
kichik sanoat zonalarini ixtisoslashtirilgan holda rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash usuli hududdagi iqtisodiy salohiyatni ifodalovchi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni integrallash asosida takomillashtirilgan; 
hududiy sanoat siyosatini amalga oshirish mexanizmi davlat-xususiy sherikchiligi asosida “Greenfield” tavsifidagi kichik sanoat zonalarini tashkil etish dastaklarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
kichik sanoat zonalarida tarmoq ixtisoslashuvi jihatidan yaqin bo‘lgan kichik sanoat korxonalarini joylashtirish orqali “Kichik sanoat klasteri”ni barpo etish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda kichik sanoat zonalarni barpo etish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning iqtisodiy, ilmiy-texnik va infratuzilma jihatidan rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda yuqori texnologik sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni kichik sanoat zonalariga joylashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan sanoatni rivojlantirishga oid strategik loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 4-8/20-1415-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikadagi kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarishning ixisoslashuvi va samaradorligi oshgan;
hududdagi iqtisodiy salohiyatni ifodalovchi iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarni integrallash asosida kichik sanoat zonalarini ixtisoslashtirilgan holda rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash usulidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalarini hududlar bo‘yicha joylashtirishda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 4-8/1415-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikaning turli hududlarida kichik sanoat zonalarini samarali joylashtirish imkoniyati oshgan;
hududiy sanoat siyosatini amalga oshirish mexanizmi davlat-xususiy sherikchiligi asosida “Greenfield” tavsifidagi kichik sanoat zonalarini tashkil etish dastaklarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 4-8/1415-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikada kichik sanoat zonalarini barpo etish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini jadallashtirish imkonini bergan; 
kichik sanoat zonalarida tarmoq ixtisoslashuvi jihatidan yaqin bo‘lgan kichik sanoat korxonalarini joylashtirish orqali “Kichik sanoat klasteri”ni barpo etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan kichik sanoat zonalarini tarmoq ixtisoslashuvi bo‘yicha joylashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 4-8/1415-son ma’lumotnomasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 01/650-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida respublikadagi kichik sanoat zonalarining sinergetik samarasining oshishiga olib kelgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish