Norboev Odil Abraevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda mulkchilik munosabatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt129.
Ilmiy rahbar: Vaxobov Alisher Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.05.2018.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent,  Mirzakarimova Muyassarxon Mo‘minovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashuvi sharoitida mulkchilikni amalga oshirish samaradorliga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash va mulkchilik munosabatlarini  tartibga soluvchi institutlar faoliyatini takomillashtirish orqali “o‘rta mulkdorlar sinfi” ni mamlakatni barqaror rivojlantirish omiliga va milliy iqtisodiyotning tayanchiga aylantirish zarurati asoslangan;
mulkni ijaraga berish asosida olinadigan daromadlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ijarachining noqonuniy xatti-harakati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan yo‘qotishlarni qoplab berish jamg‘armasini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan;
tadbirkorning mulkka egaligi yoki undan foydalanish jarayonida iqtisodiy resurslar sarfi bilan bog‘liq xarajatlarning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yo‘naltirilishi natijasida vujudga keladigan zararlarni aniqlash hamda ularni qoplab berish manbaini shakllantirish zarurati aniqlangan;
milliy iqtisodiyotda mulkdan olinadigan daromad darajasini maksimallashtirish maqsadida mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish va “tarmoq-hudud” zanjirining uzviyligini ta’minlash orqali mulkchilik munosabatlarini amalga oshirish faoliyatini samarali tashkil etish tavsiya qilingan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda bozor sharoitida mulkchilik munosabatlarini iqtisodiy amal qilish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida: 
turli mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni ta’minlash va mulkchilik munosabatlarini tartibga soluvchi institutlar faoliyatini takomillashtirish orqali “o‘rta mulkdorlar sinfi” ni mamlakatni barqaror rivojlantirish omiliga va milliy iqtisodiyotning tayanchiga aylantirish zarurati hamda mulkdan olingan foyda, daromad turlari, unga nisbatan berilgan imtiyozlarni mulkchilik munosabatlarini rag‘batlantiruvchi jamg‘armalar miqyosida yanada takomillashtirish borasidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat  vazirligida mulk shakllaridan samarali yoki samarasiz foydalanishning mezonlarini takomillashtirishda hamda mulkchilik munosabatlarinini rag‘batlantiruvchi jamg‘armalar faoliyatini tashkil etish loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 26 noyabrdagi 04/1-06-116-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-1-8/1-son ma’lumotnomalari).  Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida mulkdan foydalanish jarayonida olinayotgan foyda, foiz, renta va boshqa daromad turlarini real iqtisodiy holatdan kelib chiqib tartibga solish imkoniyati yaratilgan;
mulkni ijaraga berish asosida olinadigan daromadlarning barqarorligini ta’minlash maqsadida ijarachining noto‘g‘ri xatti-harakati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan yo‘qotishlarni qoplab berish jamg‘armasini shakllantirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat  vazirligida turli miqyosdagi mulk egalarini, jumladan ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi korxona, firma egalari manfaatdorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 26 noyabrdagi 04/1-06-116-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-1-8/1-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada davlat va jamiyat qurilishida haqiqiy mulkdorlar sinfining tutgan o‘rniga qarab jamiyatdagi umumiy barqarorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
tadbirkorning mulkka egaligi yoki undan foydalanish jarayonida iqtisodiy resurslar sarfi bilan bog‘liq xarajatlarning davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yo‘naltirilishi natijasida vujudga keladigan zararlarni aniqlash hamda ularni qoplab berish manbaini shakllantirish bilan bog‘liq taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida  va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat  vazirligida  tadbirkorlik muhitini yaxshilash va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq konsepsiyani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 26 noyabrdagi 04/1-06-116-son  hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-1-8/1-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda  ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish, xususiy mulk bilan bog‘liq munosabatlarni kafolatli ravishda echimini topish maqsadidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etishga imkon bergan;
milliy iqtisodiyotda mulkdan olinadigan daromad darajasini maksimallashtirish maqsadida mulkchilik munosabatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish va “tarmoq-hudud” zanjirining uzviyligini ta’minlash orqali mulkchilik munosabatlarini amalga oshirish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida  va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat  vazirligida mulkdan samarali foydalanish, uning huquqiy asoslarini takomillashtirish, undan olinadigan daromad darajasini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar Qo‘mitasining 2019 yil 26 noyabrdagi 04/1-06-116-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi BU-1-8/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida respublikada mulkchilik munosabatlarini samarali amalga oshirishning kompleks tizimini ishlab chiqish va tatbiq etish bilan bog‘liq dasturlarni ishlab chiqish hamda pirovardida mulkdan olinadigan daromad darajasini maksimal darajaga etkazish mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish