Mamatov Mamajon Axmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiyalarning iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish», 08.00.01–Iqtisodiyot nazariyas” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2018.4.PhD/Iqt192.  
Ilmiy rahbar: Xurramov Azamat Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.05.2018.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madraximov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Investisiyalarning iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha  ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy o‘sish sifati mamlakatda yaratilgan YaIMning aholi turmush farovonligiga transformatsiyalashuvi jarayonida iqtisodiy resurslarning unumdorligi va tejamkorligi, oraliq mahsulot va qo‘shilgan qiymat nisbatidagi miqdor va sifat o‘zgarishlarining natijasi ekanligi hamda unga kambag‘allik darajasining pasayishi, inklyuziv bandlikning oshishi va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining ta’siri asoslangan;
davlat tomonidan eksportga yo‘naltirilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda proteksionistik siyosatni tartibga solish, investision jarayonlarni ta’minlovchi institusional tizimni takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirishda raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyoti sohalariga ustuvorlik berish taklif etilgan;
milliy innovatsion tizim sub’ektlarining funksiyalari va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikning egiluvchanligi, institusional muhitning tizim elementlariga ta’sirining yo‘nalishlari va davlatning ushbu tizimda bir vaqtda mijoz, moliyalashtiruvchi, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi va sug‘urtalovchi vazifalarni bajaruvchi sub’ekt sifatidagi yahlit funksional tizim ekanligi nazariy jihatdan asoslangan;
iqtisodiy o‘sish sifatini 2019-2030 yillarda oshirishda investisiya me’yori, uy xo‘jaliklari iste’moli xamda lag qiymatlari asosida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli investision loyihalarning iqtisodiy faollikka bo‘lgan ta’sirini ko‘p variantli (inersion, bazisli, mobilizatsion) prognozi ishlab chiqilgan.   
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Investisiyalarning iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
iqtisodiy o‘sish sifati mamlakatda yaratilgan YaIMning aholi turmush farovonligiga transformatsiyalashuvi jarayonida iqtisodiy resurslar unumdorligi va tejamkorligi, oraliq mahsulot va qo‘shilgan qiymat nisbatidagi miqdor va sifat o‘zgarishlarining natijasi ekanligi hamda unga kambag‘allik darajasining pasayishi, inklyuziv bandlikning oshishi va iqtisodiyotni barqaror rivojlanishining ta’siri asoslanganligi to‘g‘risida berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 6-3/19-son ma’lumotnomasi). Natijada yalpi ichki mahsulotning jamiyat farovonligiga transformatsiyalashuv jarayonida milliy iqtisodiyotda resurslar tejamkorligini ta’minlashga, iqtisodiy resurslar unumdorligini oshirishga, YaIMda  oraliq mahsulot va qo‘shilgan qiymat nisbatidagi  samarali mutanosiblikni ta’minlashga erishilgan; 
davlat tomonidan eksportga yo‘naltirilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda proteksionistik siyosatni tartibga solish, investision jarayonlarni ta’minlovchi institusional tizimni takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirishda raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyoti sohalariga ustuvorlik berish borasidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 6-3/19-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5495-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 fevral` kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 8-sonli majlis Bayoni bilan tasdiqlangan “2019-2020 yillarda Sirdaryo viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish dasturi” doirasida 18 trillion so‘mga teng bo‘lgan 349 ta investision loyihalarni ishlab chiqishda foydalanilgan;  
milliy innovatsion tizimning turli sub’ektlari funksiyalari va ular o‘rtasidagi bog‘liqlikning egiluvchanligi, institusional muhitning tizim elementlariga ta’sirining yo‘nalishlari va davlatning ushbu tizimda bir vaqtda mijoz, moliyalashtiruvchi, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi va sug‘urtalovchi vazifalarni bajaruvchi sub’ekt sifatidagi yahlit funksional tizim ekanligi nazariy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 6-3/19-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatning milliy innovatsion tizim sub’ektlarining funksional vazifalar doirasi va ular o‘rtasidagi bog‘liqlik, institusional muhitning tizim elementlariga ta’sir yo‘nalishlari aniqlandi, davlatning bir vaqtda mijoz, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi, sug‘urtalovchi va moliyalashtiruvchi sub’ekt sifatida tizimdagi funksional roli ochib berildi hamda tizimning  rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiy o‘sish sifatini 2019-2030 yillarda oshirishda investisiya me’yori, uy xo‘jaliklari iste’moli xamda lag qiymatlari asosida qisqa, o‘rta va uzoq muddatli investision loyihalarning iqtisodiy faollikka bo‘lgan ta’sirini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan ko‘p variantli (inersion, bazisli, mobilizatsion) prognozi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi  faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 6-3/19-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019-2030 yillarda iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish prognozida keltirilgan YaIMda investisiya me’yorini 29,4 foizgacha o‘stirish, uy xo‘jaliklari iste’molini va o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan investision loyihalarning iqtisodiy o‘sishga kuchli ta’siri kabi omillar milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish konsepsiyasi va strategiyasini hamda harakat dasturlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish