Mamajonov Akramjon Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlilini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt523.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktor,  professor; Xakimov Bunyodjon Juraevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy yo‘nalishdagi taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini amalga oshirishning soddalashtirilgan shakli taklif etilgan;
fermer xo‘jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilishda jami xarajatlar tarkibida ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan bilvosita xarajat turlarini faoliyatga nisbatan davr xarajatlari tarkibiga kiritilishi taklif etilgan; 
fermer xo‘jaliklarida xalqaro hisob tizimi (“Direkt-kosting”)ni qo‘llash asosida xarajatlarni tezkor boshqarish usuli taklif etilgan; 
fermer xo‘jaliklarida moliyaviy koeffisientlarni hisoblash va ularni tahlili metodikasi takomillashtirilgan;
fermer xo‘jaliklarida statistik usullarni kiritish asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun moliyaviy hisobotlarni axborot imkoniyatlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari tahlilini amalga oshirishda soddalashtirilgan variantlardan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ishlab chiqarish markazi tomonidan amaliyotg joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ishlab chiqarish markazining  2019 yil 16 oktyabrdagi  05/03-04-1028-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish natijasida fermer xo‘jaliklarida maxsulot ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx tahlilini amalga oshirishda sarflangan vaqt 10 foizga tejalgan; 
fermer xo‘jaliklarida maxsulot ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish, xarajatlar tarkibida ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan ayrim xarajat turlarini faoliyatga nisbatan davr xarajatlari tarkibiga kiritilishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ishlab chiqarish markazi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qqishloq xo‘jaligi va oziq ovqat ta’minoti ishlab chiqarish markazining 2019 yil 16 oktyabrdagi 05/03-04-1028-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 3,4 foizga tejash imkoni yaratilgan; 
fermer xo‘jaliklarida moliyaviy tahlilini o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda statistik usullardan foydalanib tahliliy amallar uchun auditorlik dalillarni to‘plash va uning natijasida axborot riski darajasini pasaytirishga va shu asosda uning moliyaviy hisoboti tahlilini tashkil etishni takomillashtirishga oid taklifi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 2019 yil 14 iyundagi  6-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy qilish  natijasida fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlilini o‘tkazish metodikasi takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga muvofiq moliyaviy koeffisientlarni hisoblash tartibini aniqlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan amaliyotda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston auditorlar palatasining 2019 yil 14 iyundagi  6-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida moliyaviy hisobotlarni axborot imkoniyatlarini kengaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish