Bakieva Xilola Sapaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish metodikasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2019.3.PhD/1095.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Hamroev G‘ofur Hasanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlar orqali o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlar vositasida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish mazmunining pedagogik (pedagogik trening, pinboard, pragmatizm, ergonomika) hamda psixologik (praksiologiya, perseptiv) xususiyatlari interaktiv va texnologik omillar (off-line, operatsion o‘yinlar) tahlili misolida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirishga doir kompetensiyaviy yondashuv mezonlari aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillari asosida tizimlashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida texnik vositalar yordamida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish mazmuni, amaliy va natijaviy tarkibi motivatsion, kommunikativ-kognitiv yondashuv asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi texnologiyalari o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qarashlar, usullar va tavsiyalar asosida elektron ta’lim resursi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovasion ta’lim sharoitida mustaqil ishlar orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olinigan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirishga oid takliflardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 17 avgustdagi 01/11-01/7-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha metodik ta’minot takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillari asosida rivojlantirishga doir takliflardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-23 raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun fanlardan mul`timediali dars ishlanmalari majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosi mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 89-03-2445-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning motivatsion, kommunikativ-kognitiv mazmuni takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning nutq va tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan natijador o‘qitish metod va texnologiyalariga oid taklif va tavsiyalar umumta’lim maktablarida “Alifbe”, “Yozuv” fanlarini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 17 avgustdagi 01/11-01/7-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq va tafakkurini rivojlantirishning o‘yinli mediatexnologiyalari takomillashtirilgan.