Inoyatov Abdullo Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Keksa yoshdagi kishilarning sog‘lomlashtirish yo‘nalishida individual dastur tuzish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.Phd/Ped674.
Ilmiy rahbar: Usmonxo‘jaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kerimov Fikrat Azizovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilorom Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa yoshdagi kishilar uchun sog‘lomlashtiruvchi individual dasturlar va undan amaliyotda foydalanish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshdagi kishilar organizmining psixofiziologik xususiyatlarini barqarorlashtirish hamda uzoq umr ko‘rish imkoniyatini oshirish, salomatligini saqlash va muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlarining konseptual, mazmuniy va tashkiliy komponentlari ishlab chiqilgan;
keksa yoshdagi kishilar uchun individual sog‘lomlashtiruvchi mashqlar tizimi, ularni tashkil etishning shakl (individual, kichik guruhlarda), metod (umumpedagogik va spesifik) va vositalari (jismoniy mashqlar va gigienik omillar) aniqlangan;
keksa yoshdagi kishilar uchun tadqiqot doirasida tayyorlangan  mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual dasturidan foydalanish  imkoniyatlari ko‘rsatilib, keksalarning ushbu dasturlardan foydalanishga bo‘lgan motivatsiyasi rivojlantirilgan;
keksa yoshdagi kishilar uchun sog‘lomlashtiruvchi dasturlarni qiyosiy o‘rgangan holda, mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual maxsus dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Keksa yoshdagi kishilarning sog‘lomlashtirish yo‘nalishida individual dastur tuzish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
keksa yoshdagi kishilar organizmining psixofiziologik xususiyatlari hamda salomatligini muhofaza qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan individual “Keksa yoshdagi kishilarni sog‘lomlashtirish” dasturi Buxoro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi “Sog‘lomlashtirish davolash komplekslari”da tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 27.06.2019 yil 8 n-3/218-son ma’lumotnomasi). Natijada respondentlarning jismoniy ishchanlik faoliyati 2,0±0,1dan 2,4±0,1 kg/daq (p<0,05) o‘sib, yurak qon tomir hamda nafas olish tizimlari holatining yaxshilangan;
Sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarda keksa yoshdagi kishilar uchun individual mashqlar tizimi va ularni tashkil etishning yangi shakl, metod, usullari “Juyzar sog‘lomlashtirish maskani”da qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8 n-3/218-son ma’lumotnomasi). Natijada keksalarning arterial qon bosimining mo‘’tadillashuvi, psixofiziologik holatining yaxshilanishi, jismoniy va harakat faolligining oshishiga erishilgan;
keksa yoshdagi kishilar uchun sog‘lomlashtiruvchi dasturlarni qiyosiy o‘rgangan holda mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual dastur asosida yaratilgan metodik tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8 n-3/218-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalari uchun “Keksalar uchun sog‘lomlashtiruvchi individual dasturlar tuzish metodikasi” tanlov o‘quv fanining namunaviy dasturi, ishchi o‘quv rejasi ishlab chiqilib, tanlov fan sifatida amaliyotga tatbiq etilgan;
keksa yoshdagi kishilar uchun tadqiqot doirasida tayyorlangan mualliflik sog‘lomlashtiruvchi individual dasturidan foydalanish imkoniyatlari “Juyzar sog‘lomlashtirish maskani”da takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 8 n-3/218-son ma’lumotnomasi). Natijada biz tomonimizdan ishlab chiqilgan individual dasturlar tatbiq etilgan muassasalardagi 150 nafar keksa yoshdagi kishilarning umumiy salomatlik darajasi 6-8% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish