Haydarov Sulaymon Amirqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tasviriy san’at asarlari vositasida «O‘zbekiston tarixi» darslari samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari (tarixiy miniatyuralar misolida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped516.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Talapov Baxriddin Alijonivich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «O‘zbekiston tarixi» (7–8-sinf) darslarida tarixiy miniatyura san’at asarlaridan foydalanishning mazmuni va metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarixiy manbalar asosida “O‘zbekiston tarixi” darslarida foydalaniladigan tarixiy miniatyura san’ati asarlarini tanlab olishning pedagogik talablari (miniatyuralarni, sohaning DTS, o‘quv dasturi, o‘quvchilarning intellektual hamda fiziologik tayyorgarlik darajalariga mosligi) ishlab chiqilgan hamda ularning didaktik imkoniyatlari (o‘quv materialini vizual tarzda taqdim etish orqali o‘quvchilarda real tarixiy voqelik haqida ob’ektiv tasavvur hosil qilish) aniqlangan;
o‘quvchilar tomonidan tarixiy mavzudagi miniatyura san’ati asarlari mazmunini real tarixiy voqelikning tasviriy talqini sifatida idrok etishning pedagogik (o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan miniatyuralarni tarix ta’limining didaktik-illyustrativ vositasi ekanligi) talqini asoslangan;
sinflar hamda mavzular kesimida tarix ta’limida miniatyura san’ati asarlaridan foydalanishning optimal mazmuni va metodikasi (miinatyuralarda o‘tilayotgan mavzuning xususiyatiga ko‘ra foydalanish) asoslangan;
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda miniatyura san’ati asarlaridan foydalanishning pedagogik mexanizmlari (miniatyuralarda foydalanishning uzviylikka asoslangan komponentlari) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tasviriy san’at asarlari vositasida “O‘zbekiston tarixi” darslari samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston tarixi” darslarida tarixiy miniatyura san’ati asarlaridan foydalanishning pedagogik talablari didaktik imkoniyatlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari” mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 01-02/2-2-199-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan “O‘zbekiston tarixi” darslarining mazmun-mohiyati boyitilgan;
o‘quvchilarda tarixiy miniatyura san’ati asarlari vositasida tarixiy voqelikning tasviriy ifodasini anglashning pedagogik talqini bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 16 sentyabrdagi “2017–2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-son buyrug‘i asosda o‘quvchilar bilimini baholash Xalqaro dasturi – PISA testlarini tuzishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyuldagi 01-02/2-2-199-son ma’lumotnomasi). Natijada tarix fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash jarayonida samaradorlikka erishilgan;
sinflar va mavzular kesimida tarixiy miniatyura san’ati asarlaridan foydalanishning optimal mazmuni va metodik ta’minoti R3-2014 – 0829151412 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston tarixi” fanining mazmun–mohiyatining sinflar va mavzular kesimida boyitishga erishilgan;
“O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitishda tarixiy miniatyura san’ati asarlaridan foydalanishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan R3-2014 – 0829151412 raqamli “Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 89-03-3988-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston tarixi”ni o‘qitishda miniatyura san’ati asarlaridan foydalanish samarali yo‘lga qo‘yilgan.