Obidova Gulmira Kuzibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chet tilini o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish texnologiyalari”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped141 
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, Phd.28.09.2018.Ped76.02.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjanova, pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarining tabiiy fanlar ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘rgatish jarayonida talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirishning asoslarini aniqlash va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilini o‘rgatishda ekologik madaniyatni rivojlantirishning integrativ tamoyillari (ekologik ong, ekologik tafakkur, ekologik psixologiya, ekologik faoliyat, ekologik qadriyatlar) ekologiya, biologiya, geografiya va tibbiy-gigiena fanlarini sinxronizatsiya va korrelyasiya orqali uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ekologik madaniyatni shakllantirish texnologiyalari motivatsion va aksiologik komponentlari Contact 1 treningi orqali, gnostik va etik komponentlari Pinbord texnikasi orqali, operativ-faollik va emotsional-ruhiy komponentlari SCORE  interfaol uslubi orqali ekologik madaniyatni shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
chet tilini bilish darajasini aniqlash indikatorlari (tinglab tushunish, o‘qish, gapirish, leksik va gramatik kompetensiyalar) ekologik kompetentlik darajasini oshirish hamda  kommunikativ nutq ko‘nikmalarini  rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida  modernizatsiyalashtirilgan;
 ingliz tilini bilish darajasini aniqlash mezonlari ekologik tayyorgarlik jarayonining monopredmetik, tizimli-predmetik, ekogumanitar  bosqichlari bilan ekologik yondashuvlar (atrof-muhitni to‘g‘ri idrok etish, unga nisbatan ma’naviy, axloqiy-estetik munosabatlarni shakllantirish, ekologik ong, tafakkur tushunchalarini singdirish)ni maqbul uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Chet tilini o‘rganishda talabalarning ekologik madaniyatlarini oshirishga qaratilgan natijalar asosida:
ingliz tilini o‘rgatishda ekologik madaniyatni rivojlantirishning integrativ texnologiyasi ekologik ong, ekologik tafakkur, ekologik psixologiya, ekologik faoliyat, ekologik qadriyatlar kabi tamoyillarining integratsiyalashuvi 5110301-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar Davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 avgustdagi 89-03-3159-son ma’lumotnomasi). Natijada chet tili o‘qitishdagi fanlararo integratsiyalashuvining amaliyotga joriy etish samaradorligi oshgan;
ekologik madaniyatni shallantirish texnologiyalari motivatsion va aksiologik komponentlari Contact 1 treningi orqali, gnostik va etik komponentlari Pinbord texnikasi orqali, operativ-faollik va emotsional-ruhiy komponentlari SCORE interfaol uslubi orqali ekologik ta’lim ustuvorligini ta’minlashlashga doir taklif va tavsiyalar “Mutaxassislikda chet tili” nomli tanlov fani uchun tayyorlangan  “Care for English” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy  va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 89-03-3159-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mutaxassisliklari doirasida ingliz tiliga oid bilimlarini qo‘llash samaradorligi oshgan;
talabalarning ekologik bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ekologiyaga doir atamalarning mutaxassislik fanlarini o‘qitishda kommunikativ nutq ko‘nikmalarini oshirish jarayonidagi samaradorligiga asoslangan o‘zbekcha-inglizcha-ruscha izohli lug‘at bazasidan BYoA 1- 012 raqamli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni chet tili bo‘yicha ekologik madaniyatini faollashtirishning uslubiy asoslarini takomillashtirish” (2017-2018 yy.) mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 avgustdagi 89-03-3159-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur lug‘at talabalar so‘z boyligining ekologik  atamalar bilan boyishiga va ekologik bilimlarining oshishiga xizmat qilgan; 
talabalarning ingliz tilini bilish darajasini aniqlash mezonlari ekologik tayyorgarlik jarayonining monopredmetik, tizimli-predmetik, ekogumanitar bosqichlarida ekologik yondashuvga doir taklif va tavsiyalardan A-1-100 raqamli “Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzluksiz malaka oshirish tizimini yaratish va uning samaradorligini oshirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 avgustdagi 89-03-3159-son ma’lumotnomasi). Natijada tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalar ekologik madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish