Karimova Gulbaxor Abdusattarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt485.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil  Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan evroobligatsiyalarni emissiya qilish va jahon bozorida joylashtirish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilishda, xalqaro biznes va moliyaviy markazlarda potensial investorlar uchun mo‘ljallangan taqdimotlar asosida Road show dasturlarini ishlab chiqish va taqdim etish taklif etilgan;
investisiya loyihalarini amalga kiritish muddatlarini yanada qisqartirishda, xorijiy investorlarga istiqbolli investisiya takliflari ro‘yxatini taqdim etish taklif etilgan;
xorijiy investisiyalarni hududlararo disproporsiyasi muammosini echish maqsadida aynan hududlarga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarga soliq imtiyozlarini qo‘llash amaliyoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
yirik aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan evroobligatsiyalarni emissiya qilinishi va jahon bozorida joylash to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PQ-4124-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 06/04-02-01-32/3605-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi natijasida yirik korxonalarda xalqaro standartlar asosida moliyaviy hisobotlar tuzish joriy qilindi va 2019 yil yakuniga ko‘ra mazkur korxonalar tomonidan evroobligatsiyalar emissiya qilinishi ko‘zda tutilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilish maqsadida, xalqaro moliyaviy markazlar bilan bevosita hamkorlik qilish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 06/04-02-01-32/3605-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi muntazam ravishda yirik xalqaro biznes va moliyaviy xablarga maqsadli auditoriya uchun mo‘ljallangan taqdimotlar bilan tashrif buyurgan holda "Road Show"dasturlarini ishlab chiqish va taqdim etib borish imkoniyati yaratilgan;
investisiya loyihalarining amalga kiritish muddatlarini qisqartirish maqsadida, xorijiy investorlarga tayyor investisiya loyihalar paketini taqdim etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PQ-4300-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 06/04-02-01-32/3605-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida  xorijiy investorlarga sotilishi mumkin bo‘lgan 20 ta loyiha ro‘yxati tasdiqlangan va natijada O‘zbekistonga qariyb 4,4 mlrd. dollarlik investisiya kiritilishi imkoniyati yaratilgan;
hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda soliq imtiyozlaridan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligining qarori bilan tasdiqlangan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom» (Adliya vazirligidan 2016 yil 26 avgustda 2822-son bilan ro‘yxatga olingan)da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 2 avgustdagi 06/04-02-01-32/3605-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida 2018 yil yakunlariga ko‘ra 61 ta sub’ekt 75 mlrd. so‘mlik imtiyozdan foydalanishga erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish