Rashidov Rahmatullo A’lojonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtachilikda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish yo‘llari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt322.
Ilmiy rahbar: Xushmatov Norqul Sadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Tadjievich Salimov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Odiljon A’zamjonovich Shermatov, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtachilik tarmog‘ida resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtachilik tarmog‘ida resurstejamkor texnologiya va texnik vositalarning paxtachilik mahsulotlari yalpi qiymati, ishlab chiqarish harajatlari, jami texnologiyalar hamda yillik investisiyadagi salmog‘i orqali resurs tejamkorlik koeffisientini (Ptt) aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
maxsus respublika jamg‘armasini tashkil etish orqali paxtachilik tarmog‘ida resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilishni rivojlantirish taklif etilgan;
paxtachilik tarmog‘ida resurstejamkor texnologiyalarni joriy qilishni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdorini paxta ekin maydoni, ball-boniteti, me’yoriy hosildorlik va paxta xomashyosining o‘rtacha sotish bahosi orqali aniqlash usuli taklif etilgan;
Namangan viloyatida paxtachilik tarmog‘ida resurstejamkor texnologiyalarni joriy etishning 2025 yilgacha bo‘lgan prognozi tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilikda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtachilik tarmog‘ida resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish va resurslar sarfi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tasniflangan holda, ulardan foydalanish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar Namangan viloyati Mingbuloq tumanidagi Navoiy MTP “Busoliha Otaboev” fermer xo‘jaligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 02/032-222-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning amalga oshirilishi resurs tejamkor texnologiya – Kuhn 8M seyalkasi bilan chigit ekilganda, an’anaviy texnologiyaga nisbatan gektariga 20 kg urug‘lik chigit hamda 3,5 litrdan yoqilg‘i iqtisod qilingan. Umumiy hisobda 30 gektar maydonda 8 410 500 so‘m xarajat tejab qolingan. Mazkur tavsiyalar tannarxni kamaytirishga ta’sir qiluvchi omillarni boshqarish imkonini berib, tejab qolish hisobiga mahsulot tannarxini 8-10 foizga kamaytirishni ta’minlagan.
paxtachilik tarmog‘ida resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimi va ularni hisoblash usullari fermer xo‘jaliklari faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 02/032-222-son ma’lumotnomasi). Mazkur usullar fermer xo‘jaliklariga mahsulot etishtirish hisobiga olinadigan foyda miqdorini oshirish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini baholash imkonini berib, har bir tejab qolingan resurs hisobiga iqtisodiy samara darajasini aniqlash imkoniyatini 20-25 foizga oshirgan.
paxtachilik tarmog‘ida ishlab chiqarishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalardan Namangan viloyatida fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish va rivojlantirish tadbirlarini belgilash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 02/032-222-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar moliyaviy ahvoli og‘ir, ishlab chiqarish rejalarini bajarmayotgan fermer xo‘jaliklariga resurs etkazib berish borasidagi tadbirlar natijadorligini 10 foizga oshirishga xizmat qilgan.
paxtachilik tarmog‘ida resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar Namangan viloyati Uychi tumanidagi fermer xo‘jaliklari o‘lchamlarini optimallashtirish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 8 apreldagi 02/032-222-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar paxtachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda qo‘shimcha tarmoqlarni tashkil etish dasturlarining hududlar sharoitlariga mosligi darajasini 20 foizgacha oshirish imkonini bergan.