Mustafoeva Durdona Asilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish (ixtisoslik fani o‘qituvchilari malaka oshirish kurslari misolida)”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped740.   
Ilmiy raxbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalar muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alimov Normurod Nosirovich,  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pedagog kadrlarning kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi kompetensiyaviy mezonlar (ijtimoiy, kasbiy, refleksiv, akmeologik)ni malaka oshirish jarayonida innovatsion faollikni rivojlantiish usullari (refleksiya sinergiyasi, zaruriy motivlar) bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslarida ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning integrativ-differensial metodikasi Rokich, SCORE va case-study texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish modeli komponentlari va o‘quv uslubiy ta’minoti malaka oshirishning innovatsion shakllari (refleksiv kuzatuv, faol amaliyot, mikroo‘qitish, off-line konsultatsiya, Chat-online, ijodiy xisobot) hamda andragogik ta’lim talablari asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini baholash mazmuni kasbiy faoliyatga moslashuvchanlik darajalari hamda shaxsiy sifatlar (kasbiy-intellektual, tashkiliy-kommunikativ, emotsional-irodaviy, ma’naviy-ma’rifiy) tavsifi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ixtisoslik fan o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompetensiyaviy mezonlarni malaka oshirish jarayonida innovatsion faollikni rivojlantiish usullari bilan integratsiyalash asosida pedagog kadrlarning kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflari I-XT-0-67904-raqamli “Pedagog kadrlar malakasini oshirish mexanizmini uzluksiz oshirish mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida o‘quv-metodik qo‘llanmani tayyorlash va amaliyotga joriy etish” (2017 - 2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi  89-06-132 son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligining rivojlantirishning tashkiliy  bosqichlarini aniqlash imkonini bergan;
 ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda Rokich, SCORE va case-study texnologiyalarini qo‘llash metodikasi hamda malaka oshirishning innovatsion shakllari (refleksiv kuzatuv, faol amaliyot, mikroo‘qitish, off-line konsultatsiya, Chat-online, ijodiy xisobot) malaka oshirish kurslari jarayonida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning o‘quv didaktik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi  89-06-132-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv-uslubiy ta’minot ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
 ixtisoslik fan o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini andragogik ta’lim talablari asosida rivojlantirish, ularning kasbiy, pedagogik va psixologik xususiyatlarini aniqlashga doir takliflari I-XT-0-67904-raqamli “Pedagog kadrlar malakasini oshirish mexanizmini uzluksiz oshirish mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida o‘quv-metodik qo‘llanmani tayyorlash va amaliyotga joriy etish” (2017 - 2021 yy.) mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi  89-06-132-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslik fani o‘qituvchilarining pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligi oshirilgan, kasbiy tayyorgarlik darajasi aniqlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish