Sultanov Baxodir Fayzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida meliorativ tadbirlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Iqt146.
Ilmiy maslahatchi: Umurzakov O‘ktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fan-lari doktori, professor; Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Abdurashid Vaxidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligida meliorativ tadbirlar samaradorligini baholash va oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillash-tirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erlarning meliorativ holati va hosildorlik o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishi hamda etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining bozor narxini hisobga olgan holda erlarning meliorativ holatini yomonlashishi oqibatida ko‘riladigan zararlar miqdorini aniqlashga qaratilgan uslubiy yondashuv takomillashtirilgan;
meliorativ tizim holatiga ta’sir etuvchi “erdan foydalanish koeffisienti”, “sho‘rlanish darajasi”, “sizot suvlar sathi”, “tuproqdagi gumus miqdori” kabi ko‘rsat-kichlar xatarliligining chegaraviy qiymatlarini hisobga olgan holda hududning meliorativ holatini baholash indikatorlari ishlab chiqilgan;
cheklangan mablag‘lardan samarali foydalanish asosida hududning mavjud meliorativ holati va atrof-muhit muhofazasi mutanosibligini ta’minlashni ko‘zda tutuvchi meliorativ tadbirlarga sarflanayotgan moliyaviy mablag‘larni maqbul joylash-tirish algoritmi asoslangan;
alohida dala konturlar bo‘yicha ularning joylashuvi, suv bilan ta’minlanish darajasi, toshloqligi, ball-boniteti, qiyaligi, sho‘rlanish darajasi, tuproqning mexanik tuzilishi va boshqa tabiiy sharoitlar nazarda tutilgan “Dala pasporti”ni ishlab chiqish asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish tizimi asoslangan;
“Erlarning kompleks melioratsiyasi analitik Markazi”ni tashkil etish asosida erlarni meliorativ holati monitoringi tizimini shakllantirish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qishloq xo‘jaligida melio-rativ tadbirlar samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomil-lashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
erlar meliorativ holatining yomonlashishi oqibatida ko‘riladigan zararlar miqdori va ta’sirini aniqlash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respub-likasi qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 03/019-483-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy yondashuv asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2007 yilda meliorativ holat yomon bo‘lgan erlarda hosildorlikni yo‘qotish evaziga fermer xo‘jaliklarida o‘rtacha 4,1 mldr. so‘m, tola sifatida esa yiliga 5,6 mln. dollar, 2017 yilda esa mos ravishda 9,2 mld. so‘m yoki tola sifatida 2,56 mln. dollarlik mahsulot etishtirilmay qolganligi asoslab berilgan;
meliorativ tizim holatiga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlar xatarliligining chegaraviy qiymatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan hududning meliorativ holatini baholash indikatorlari bo‘yicha uslubiy yondashuvlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qish-loq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2549-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 fevral 03/019-483-son ma’lumotlari). Ushbu uslubiy yondashuvni amaliyotga qo‘llanilishi tuproqning sifati, shuningdek, meliorativ tadbir-larning atrof-muhit ekologiyasiga va bioxilma-xillikka ta’sir darajasini baholash imkonini yaratgan;
“Dala pasporti”ni ishlab chiqish asosida ekin maydonlarini maqbul joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 apreldagi 02-05-2549-son hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 03/019-483-son ma’lumotlari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ekin maydonining alohida dala konturlar kesimida joylashuvi, suv bilan ta’minlanish darajasi, toshloqligi, ball-boniteti, qiyaligi, sho‘rlanish darajasi, tuproqning mexanik tuzilishi va boshqa tabiiy sharoitlarni nazarda tutgan holda me’yoriy xarajatlarga (ishlab chiqarish, moddiy sarf-xarajatlar, yonilg‘i sarfi, mehnat me’yorlari va boshqa) ta’sir etuvchi tabaqalashgan ko‘rsatkichlarni asoslash imkonini bergan; 
meliorativ tadbirlarga sarflanayotgan moliyaviy mablag‘lardan geo-ekologik cheklovlar nuqtai-nazaridan maqbul foydalanishning iqtisodiy-matematik modeli Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 03/019-483-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni qo‘llash meliorativ tadbirlarning har bir turiga mos keladigan xarajatlarni hisoblash va ortiqcha sarf-larni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan;
“Erlarning kompleks melioratsiyasi analitik Markazi”ni tashkil etish asosida erlarni meliorativ holati monitoringini yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 fevraldagi 03/019-483-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi erlarning meliorativ holatiga oid elektron ma’lumotlar bazasini shakllan-tirish hamda ob-havo va iqlim o‘zgarishi, ularning tuproq unumdorligiga ta’siri bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalar asosida agrolandshaft holatini muntazam monitoring yuritish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish