Kudaynazarova Dilnaz Koshkarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy-ekologik sharoitda sanoat korxonasini rivojlantirish strategiyasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt86.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.28.02.2019.I.03.06.
Rasmiy opponentlar: Xashimov Akram Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtisodiy-ekologik sharoitda sanoat korxonasini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muayyan yalpi ichki mahsulot hajmini ishlab chiqarish va atrof-muhitni chiqindi bilan ifloslanishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi usul ishlab chiqilgan;
o‘simlik va chorvachilik mahsulotlarini (paxta, ipak, teri, jun) qayta ishlashni ular asosida to‘liq texnologik ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish orqali rivojlantirish asoslangan va chiqindini ishlab chiqarishga qayta jalb qilish yordamida qizilmiya ildizini qayta ishlash jarayoni takomillashtirilgan;
mintaqada paxtani qayta ishlash zavodlari sonini optimallashtirish orqali Amudar`yo, Xalqabod, Ellikqal’a tumanlaridagi zavodlar negizida «paxta tolasi – tikuvchilik maxsuloti» zanjiri bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish asoslangan;
kimyo sanoatida suyuq chiqindini qayta ishlash yordamida ikkilamchi mahsulot (natriy xloridi, xlorli kal`siy va suv) olish va uning hisobiga tegishli davlat idoralariga kompensatsiya to‘lovlarini kamaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini va qurilish materiallari sanoatida xomashyo manbaini ijaraga olish orqali moddiy harajatlarni kamaytirish hisobidan iqtisodiy samaradorligini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy-ekologik sharoitda faoliyat yurituvchi sanoat korxonalarini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishga qaratilgan takliflar asosida:
muayyan yalpi ichki mahsulot hajmini ishlab chiqarish va atrof-muhitni chiqindi bilan ifloslanishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi usul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 20 maydagi 02/512-son ma’lumotnomasi). Natijada tahliliy ishlar va atrof-muhit ifloslanishining ma’lum darajasida yalpi ishlab chiqarish hajmining o‘sishini monitoring qilish sifatini oshirish, modernizatsiya talab tarmoqlarni aniqlash imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘simlik va chorvachilik mahsulotlarini (paxta, ipak, teri, jun) qayta ishlashni ular asosida to‘liq texnologik ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish orqali rivojlantirish va chiqindini ishlab chiqarishga qayta jalb qilish yordamida takomillashtirilgan qizilmiya ildizini qayta ishlash jarayoni bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 20 maydagi 02/512-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi keyingi 3 yilda mintaqa tumanlarida sanoatni diversifikatsiya qilish darajasining o‘sishi asosida yalpi hududiy sanoat mahsuloti hajmini 192,4 foizga oshirish, qizilmiya ildizini qayta ishlashda qo‘shimcha mahsulot turlarini olish va yoqilg‘i briketlaridan foydalanishdan oyiga 300m3 tabiiy gazni tejash orqali energiya samaradorligini oshirish imkonini bergan;
mintaqada paxtani qayta ishlash zavodlari sonini optimallashtirish orqali Amudar`yo, Xalqabod, Ellikqal’a tumanlaridagi zavodlar negizida «paxta tolasi – tikuvchilik maxsuloti» zanjiri bo‘yicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatni rivojlantirishning maqsadli dasturini tayyorlashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 20 maydagi 02/512-son ma’lumotnomasi). Tekstil` sanoatida to‘liq qiymat zanjirini shakllantirishning dastlabki bosqichida qo‘shilgan qiymat miqdori 2,5 mln. AQSh dollariga oshgan;
kimyo sanoatida suyuq chiqindini qayta ishlash yordamida ikkilamchi mahsulot (natriy xloridi, xlorli kal`siy va suv) olish va uning hisobiga tegishli davlat idoralariga kompensatsiya to‘lovlarini kamaytirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini va qurilish materiallari sanoatida xomashyo manbaini ijaraga olish orqali moddiy harajatlarni kamaytirish hisobidan iqtisodiy samaradorligini oshirish takliflari rivojlanishning «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqishda «Nukus TBBZ» va «Qung‘irot soda zavodi» MChJlarga joriy qilingan (Nukus temir beton buyumlari zavodining 2019 yil 18 iyuldagi 58-son va Qung‘irot soda zavodining 2019 yil 9 iyuldagi 963-01-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning amaliyotda joriy etilishi natijasida «Nukus TBBZ» MChJda moddiy harajatlar miqdori 191,3 mln. so‘mga qisqargan va «KSZ» MChJda qo‘shimcha mahsulotlar olish va yiliga 8 mln. so‘mni tejash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish