Erdonov Orif Latipovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning tayyorgarligini boshqarish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Red307.
Ilmiy maslahatchi: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Salamov Raxmatilla Salamovich pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning xalqaro musobaqalardagi musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beruvchi tayyorgarlikni boshqarish tizimining mohiyati, tuzilmasi hamda mazmunini nazariy asoslash, ishlab chiqish hamda tajribada tasdiqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning tayyorgarligini boshqarish jarayoni modeli ishlab chiqilgan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning individual tayyorgarligini ifodalovchi, yetakchi omillar musobaqa faoliyati parametrlari bir omilli dispersiyali tahlil natijasi orqali takomillashtirilgan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning tayyorgarligini boshqarish tuzilmasi, pedagogik kuzatuvlar va yurak ritmi monitoridan foydalangan holda musobaqa faoliyatini aniqlashga qaratilgan ishonchli axborot beruvchi testlar, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni ifodalovchi omillarni baholash mezonlari asoslab berilgan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning model tavsiflari (sportdagi imkoniyatlar, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, musobaqa faoliyati) ko‘rsatkichlarini belgilash orqali aniqlangan;
tezkor, joriy va bosqichli pedagogik nazoratda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan sportchi qizlarning tayyorgarligi parametrlari (ularning jismoniy rivojlanish, KMIQ, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ma’lumotlari) xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik darajasini belgilash orqali aniqlangan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning tayyorgarligini baholash mezonlari fiziometrik (yosh, gavda uzunligi va og‘irligi), tezlik-kuch tayyorgarligi (turgan joydan sakrash, besh hatlab sakrash, 15 m, 30 m, 60 m.ga yugurish, uzoqqa zarb bilan to‘pni yo‘llash, 3x7 m.ga yugurish 7x50 m.ga yugurish, 30 m.ga, to‘p bilan yugurish), universal (30 daqiqa davomida to‘p o‘ynatish), musobaqa faoliyatini (TTHlarning umumiy soni, harakat faolligi hajmi, to‘p uzatishlar, to‘pni to‘xtatish, to‘pni maydon tashqarisidan va burchakdan o‘yinga kiritish, darvozaga zarba yo‘llashlar) baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amalga oshirilgan pedagogik tajriba davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlar tayyorgarligini boshqarish uchun ishlab chiqilgan modeli bo‘yicha amaliy tavsiyalar Qarshi shahridagi “Sevinch” jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlari dasturiga tuzatishlar kiritish asosida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning tayyorgarlik darajasi 9-10% yaxshilangan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlar tayyorgarligini musobaqa parametrlari takomillashtirilib, amaliy tavsiyalar oliy o‘quv yurti (TATU) talaba qizlari va “Sevinch” jamoasi yillik tayyorgarlik o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada, 22 mezonlaridan 52%ga o‘sishga erishilgan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlar tayyorgarligini boshqarish tuzilmasi ishlab chikilib, amaliy tavsiyalar jismoniy tarbiyaga ixtisoslashmagan oliy o‘quv yurti (TATU) talaba qizlarining o‘quv dasturiga tuzatishlar kiritish asosida tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligi 12-14%ga yaxshilangan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlar tayyorgarligini aniqlashga qaratilgan testlar va baxolash mezonlari buyicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi futbol federatsiyasiga taqdim kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchi qizlarning musobaqa TTH ko‘rsatkichlari o‘rtacha 10-11%ga o‘sishiga erishilgan;
xalqaro musobakalarga tayyorgarlik darajasini belgilashga karatilgan tezkor, joriy va boskichli nazorat buyicha amaliy tavsiyalar “Sevinch” jamoasiga joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada tezkor nazorat 9-11%, joriy nazorat 8-10%ga, boskichli nazorat 10-11% o‘sishiga erishilgan;
mini-futbol bo‘yicha yuqori malakali sportchi qizlarning fiziometrik, tezkor kuch tayyorgarligi va texnik-taktik xarakatlarini takomillashtirish buyicha takliflar “Sevinch” jamoasi o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy kilingan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 03-07-08-3612-son ma’lumotnomasi). Natijada musobaka faoliyati samarardorligi 9-10%ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish