Tleuov Nietulla Raxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqat sanoati iqtisodiy tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirish (Qoraqolpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2017.1.PhD/Iqt12 Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iktisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.28.02.2019.I.03.06
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iktisodiyot fanlari doktori, Isxakov Abdulaxad Qayumovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxara muxandislik texnologiya instituti
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqat sanoati iqtisodiy tuzilmalarining hududiy xususiyatlarini o‘rganish va uni  rivojlantirishdan iborat. 
III. Tadqiqotniig ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlashga ihtisoslashtirilgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlik institutiga preferensial sharoit yaratish orqali mahsulot turlarini diversifikatsiyalash buyicha takliflar ishlab chiqilgan;
oziq-ovqat tarmog‘idagi korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi makro va mikroiqtisodiy, ijtimoiy, demografik, ekologik omillarni tizimli maqbullashtirish yordamida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning ko‘p omilli modeli taklif etilgan;
aholining sut, go‘sht, baliq mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi va iste’molchilar talabining o‘sishini hisobga olgan holda bozor mexanizmi elementlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
bozor ishtirokchilari manfaatlarini va kon`yunkturasini shakllantiruvchi omillar asosida texnologik modernizatsiyalash orqali oziq-ovqat sanoatini uzoq muddatli barqaror rivojlantirish prognozi ishlab chikilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida oziq-ovqat sanoati iqtisodiy tuzilmalarini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonolarida qo‘llanilgan. Jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlashga ihtisoslashtirilgan kichik biznes va hususiy tadbirkorlik institutiga preferensial sharoit yaratish orqali mahsulot turlarini diversifikatsiyalash bo‘yicha takliflar «Pana Milk» MChJga joriy qilindi («Pana Milk» MChJning 2017 yil 30 avgusttagi 1/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga tadbiq etish natijasida qiymati 360 mln. so‘m sarmoyani o‘zlashtirilib sutdan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari turlari 5 tadan 50 tagacha etkazildi, qo‘shimcha yana 20 ta ish o‘rni yaratildi.
oziq-ovqat tarmog‘idagi korxonalar faoliyatiga ta’sir etuvchi makro va mikroiqtisodiy, ijtimoiy, demografik, ekologik omillarni tizimli maqbullashtirish yordamida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning ko‘p omilli modelidan Korakalpogiston Respublikasini ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish dasturini tayyorlashda Korakalpogiston Respublikasi Iktisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan foydalanildi (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 01/952-son ma’lumotnomasi). Mazkur modeldan foydalanish natijasida Korauzyak, Amudar`e, Kegeyli tumanlarida 4 zamonaviy gusht va sutni kayta ishlovchi kichik korxonalar ishga tushirilgan;
aholining sut, go‘sht, baliq mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi va iste’molchilar talabining o‘sishini hisobga olgan holda bozor mexanizmi elementlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tayyorlashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan joriy etildi (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 01/952-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi “Amuzumsabzovat” korxonasi qiymati 120 mln. so‘mlik, “Fatima Karamatdinova” MChJ chorvachilik fermer xo‘jaligi qiymati 994 mln. so‘mlik, shuningdek, “Qarabayli non” MChJ tomonidan qiymati 170 mln. so‘mlik investisiyalar o‘zlashtirildi. Natijada oziq-ovqat sifatining 56%ga o‘sishiga erishilgan;
bozor ishtirokchilari manfaatlarini va kon`yunkturasini shakllantiruvchi omillar asosida texnologik modernizatsiyalash orqali oziq-ovqat sanoatini uzoq muddatli barqaror rivojlantirish prognozi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga joriy etildi (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 01/952-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatgichlaridan mintaqa oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish