Safarova Zilola Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston madaniyati”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tar425.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti,PhD.31.01. 2019.Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Inoyatov Sulaymon Inoyatovich, tarix fanlari doktori, professor; Babadjanov Xasan Baxtiyorovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonning madaniyati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston madaniy hayotida yuz bergan o‘zgarishlarning ta’lim sohasida yaqqol namoyon bo‘lganligi, bunda yuzaga kelgan “ijtimoiy adaptatsiya”ning ta’lim tizimidagi o‘zgarish va qiyinchilik holatlarida (armiyaga safarbarlik va kadrlar etishmasligi, o‘quvchilarning qishloq xo‘jaligida “ishchi kuchi”ga aylanishi va b.) namoyon bo‘lishi, shuningdek, OTM yo‘nalishlarining birlashtirilishi, malakali mutaxassis va kadrlar masalasida mahalliy millat vakillari salmog‘ining pastligi darajasi aniqlangan;
O‘zbekistonda mavjud va g‘arbdan ko‘chirib keltirilgan ilmiy muassasalar va ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat mexanizmi urush davri talablari va front ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilishi oqibatida, ilmiy muassasalar faoliyati amaliyot bilan bog‘liqlikda xalq xo‘jaligining yirik muammolarini hal qilishga qaratilgan, natijada xom ashyo manbai, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning o‘ziga xos usul va vositalari kashf etilgani, shuningdek, kimyo, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy-gumanitar va boshqa fanlar sohalarida erishilgani ochib berilgan;
urush davrida O‘zbekiston milliy adabiyoti va san’atining G‘arb an’analari va uslublari bilan uyg‘unlashuvi natijasida yangi janrlarning yuzaga kelishi, musiqa san’atiga yangi an’analar (simfoniya, opera, musiqali drama va b.) ning kirib kelishi, shuningdek, adabiyot, musiqa, teatr, kino san’ati sohalari ijodida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari o‘rin olgan trasformatsion holatlar ochib berilgan;
urush yillarida kutubxona, klub, muzey, qizil choyxonalar singari madaniy-ma’rifiy muassasalar o‘z vazifasini yangi shakl va usullarda (fashizmga qarshi kurash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va b.) davom ettirganligi, O‘zbekiston matbuoti urush sharoitida “yangiliklar jarchisi va davr ruhining ifodachisi” sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotning eng oldingi saflarida turganligi, shuningdek, bu davrda fuqaro matbuoti nashrlari qisqartirilib, “harbiy chaqiriqqa” qaratilgan gazetalar nashri yo‘lga qo‘yilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston madaniy hayoti tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Urush yillari O‘zbekiston madaniy hayotida yuz bergan o‘zgarishlarning ta’lim sohasida yaqqol namoyon bo‘lganligi, xususan, bunda yuzaga kelgan “ijtimoiy adaptatsiya”ning ta’lim tizimidagi o‘zgarish va qiyinchiliklarda namoyon bo‘lishi, xususan, armiyaga safarbarlik va kadrlar etishmasligi, o‘quvchilarning “ishchi kuchi”ga aylanishi, mahalliy kadrlar salmog‘ining pastligi holatiga oid xulosalardan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 maydagi 89-03-2130-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy xulosalari Ikkinchi jahon urushi yillari O‘zbekistonda ta’lim va fan sohalari holati, yo‘nalishlari va muammolarini ochib berishga xizmat qilgan;
Urush yillari O‘zbekistonda kutubxona, klub, muzey, qizil choyxonalar singari madaniy-ma’rifiy muassasalarning yangi shakl va usullardagi faoliyati, O‘zbekiston matbuoti urush sharoitida “yangiliklar jarchisi va davr ruhining ifodachisi” sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotning eng oldingi saflarida turganligi kabi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limining “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 30 sentyabrdagi 03/09-1310-19-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar urush yillarida madaniy-ma’rifiy muassasalar va davriy matbuot faoliyati va ularning jamiyat hayotiga oid yangi materiallarni keng jamoatchilikka targ‘ib etishga asos bo‘lgan;
Urush yillarida O‘zbekiston milliy adabiyoti va san’atining G‘arb an’analari bilan boyishi, san’atning turli sohalari ijodida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarining aks etishi bilan birgalikda, sovet hukumatining “ijtimoiy buyurtma” amaliyoti ta’siriga qaratilgan transformatsiyalar bilan bog‘liq xulosalardan “Xotira va qadriyat” mavzusidagi dasturni tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 21 maydagi 12-15-646-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari urush davrida o‘zbek xalqining madaniy hayot sohalaridagi vatanparvarlik va insonparvarlik fazilatlarini ochib berishga xizmat qilgan.