Allaberganov Sherali Yo‘ldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi tarixi (1991–2018 yillar)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar265.
Ilmiy rahbar: Davletov Sanjarbek Rajabovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Oblamurodov Naim Xalimovich, tarix fanlari doktori, professor; Qurbanov Abduraxim Eshnazarovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘lomlashtirish yo‘lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni zamonaviy tadqiqot usullari asosida yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mustaqillik yillarida atrof-muhit va ekologiya sohasida ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usulidan voz kechilib, amaliy jihatdan avvalgi tizimdan farq qiluvchi tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi me’yoriy-huquqiy bazasini tubdan qayta tashkil qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashning iqtisodiy usullariga o‘tish kabi yangi tendensiyalar ochib berilgan;
xalqaro konvensiya va kelishuvlar asosida O‘zbekistonda issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirish, er-suv resurslaridan samarali foydalanish, bioxilma-xillik va ekotizimlarni saqlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan barqaror foydalanishdagi roli asoslab berilgan;
mamlakatda davlat organlari va xalqaro donor tashkilotlar bilan konstruktiv hamkorlikni amalga oshirishda jamoat tashkilotlarining ekologik ta’lim, aholining xabardorligi va ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhit holati monitoringi, ijtimoiy-ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha loyiha va tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, mazkur masalalar muhokamasida keng jamoatchilikning qatnashishini ta’minlashga qaratilgan  imkoniyatlar mavjudligi aniqlangan;
O‘zbekiston ekologik harakatining shakllanishi va rivojlanishi, uning mamlakatda atrof-muhit va aholi salomatligini muhofaza qilish, tabiiy zaxiralar manbalaridan samarali foydalanish, ekologiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish hamda qonun hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va sog‘lomlashtirish yo‘lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida ijtimoiy-siyosiy harakatlar tahlili, xususan, O‘zbekistondagi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi hamda qonunchilik tizimining shakllanishi, ijtimoiy-ekologik muammolarni echishda nodavlat notijorat tashkilotlarning rolini oshirish, global ekologik konvensiyalarni amalga oshirish orqali ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid xulosa va takliflardan O‘zbekiston ekologik harakati va uning Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi ish rejasida “Atrof-muhit muhofazasi va ekologik holatni sog‘lomlashtirish ishida jamoatchilik ishtiroki faolligini har tomonlama kuchaytirish”, “Atrof tabiiy muhit muhofazasi va shu maqsadlarga ajratilgan resurslardan oqilona foydalanish borasida qabul qilingan hujjatlarni ijro etishda markaz va joylarda davlat organlari, jamoatchilik va boshqa tuzilmalar mas’uliyatini oshirish”, “Atrof-muhit muhofazasi sohasida nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” kabi ustuvor vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlarni rejalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2018 yil 5 sentyabrdagi 09/276-son ma’lumotnomasi). Bu natijalar asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar Xorazm viloyatidagi ijtimoiy-ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlarni amalga oshirish uchun dastur va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 1 fevraldagi 04-13/513-son ma’lumotnomasi). Bu o‘tkazilgan tadbirlarning tashkiliy-uslubiy asoslarini mustahkamlab, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish