Kadirov Abdumalik Matkarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish («Andijonneft» AJ misolida)», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt251
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iktisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.28.02.2019.I.03.06
Rasmiy opponentlar: Xashimova Naima Abidovna, iktisodiyot fanlari doktori, Mamanazarov Oybek Shomurodovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona Politexnika instituti
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: «Andijonneft» aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotniig ilmiy yangiligi:
neft`-gaz sanoati korxonasi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish, texnologik, marketing va tashkiliy mezonlarning o‘zaro tizimli ta’sirini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlik darajasini baholash usuli takomillashtirilgan;
inflyasiya, bozor kon’yunkturasi beqarorligi va noaniqlik muhiti sharoitida neft`-gaz sanoati korxonasining axborot-analitik qarorlar mutanosibligini ta’minlash asosida kontrolling tizimi ishlab chiqilgan;
xodimlar funksiyasini optimallashtirish asosida ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish hamda muayyan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va dasturlash darajasini oshirish hisobiga tovarlar tannarxini pasaytirish asoslangan; 
neft`-gaz sanoat korxonasi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ularda olinayotgan maxsulot sifatini sarflanayotgan yoqilg‘i hajmiga bog‘lash asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tannarxini kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft`-gaz sanoati korxonalari iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
neft`-gaz sanoati korxonasi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish, texnologik, marketing va tashkiliy mezonlarning o‘zaro tizimli ta’sirini xisobga olgan xolda iqtisodiy barqarorlik darajasini baholash yuzasidan takomillashtirilgan usuli «Andijonneft» AJ amaliyotida joriy qilingan («Andijonneft» AJning 2019 yil 2 fevraldagi 1-02-112-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif etilgan usul «Andijonneft» AJning iqtisodiy barqarorlik darajasini oshirish, monitoring va tahlil qilib borish imkoniyatini bergan;
inflyasiya, bozor kon’yunkturasi beqarorligi va noaniqlik muhiti sharoitida neft`-gaz sanoati korxonasining axborot-analitik qarorlar mutanosibligini ta’minlash asosida asosida ishlab chiqilgan kontrolling tizimi bo‘yicha tavsiyasi «Andijonneft» AJ amaliyotida joriy qilingan («Andijonneft» AJning 2019 yil 2 fevraldagi 1-02-112-son ma’lumotnomasi). Natijada «Andijonneft» AJda yuqori likvidli moliyaviy resurslar shakllandi hamda iqtisodiy barqarorlik darajasini o‘rtacha 8,0 foiz oshishiga olib keldi. Shuningdek, ushbu tavsiya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 avgustdagi 685-sonli «Neft`-gaz tarmog‘i tashkilotlarining aktivlaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining 1-bo‘lim, 1-bandida belgilangan vazifalarni bajarilishiga xizmat qilgan;
xodimlar funksiyasini optimallashtirish asosida ma’muriy-boshqaruv xarajatlarini maqbullashtirish hamda muayyan ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va dasturlash darajasini oshirish hisobiga tovarlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha asoslangan taklifi «Andijonneft» AJ amaliyotida joriy qilingan («Andijonneft» AJning 2019 yil 2 fevraldagi 1-02-112-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan ilmiy yangiliklar natijasida «Andijonneft» AJning kontrolling bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdan olingan samaradorlik 43,1%ni tashkil etdi;
neft`-gaz sanoat korxonasi mashina va mexanizmlarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ularda olinayotgan maxsulot sifatini sarflanayotgan yoqilg‘i hajmiga bog‘lash asosida ishlab chiqarish xarajatlarining tannarxini kamaytirish bo‘yicha asoslangan taklifi «Andijonneft» AJ amaliyotida joriy qilingan («Andijonneft» AJning 2019 yil 2 fevraldagi 1-02-112-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida «Andijonneft» AJning korxona tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish xarajatlari tannarxi – 2,4% kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish