Karimov Omiljon Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali gaymoritlarning qaytalanishini klinik-funksional baholash va ularni davolashni optimallashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib619.
Ilmiy rahbar: Shamsiev Djaxongir Fazditdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Kudaybergenova Saule Fazilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat vrachlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gaymoritning qaytalanish sabablarini aniqlash va kechishini klinik-funksional baholash hamda kasallik qaytalanishining oldini olish uchun  davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali gaymoritlarni qaytalanishiga burun to‘sig‘i qiyshiqligi, pastki burun chig‘anoqlari gipertrofiyasi, concha bullosa va shartli-patogen mikrofloraning mavjudligi, noratsional davolash sabab bo‘lishi aniqlangan;
surunkali gaymoritlar bo‘lgan bemorlarning burun shilliq qavati transport va so‘rish funksiyasining pasayishi, ajratish funksiyasining oshishi surunkali jarayonning davomli kechishiga olib kelishi aniqlangan;
faol rinomanometriya tekshiruvi yordamida burun bo‘shlig‘ida burun to‘sig‘i qiyshiqligi, pastki burun chig‘anoqlari gipertrofiyasi, concha bullosa natijasida aeratsiyaning buzilishi va burun ichi jarrohlik amallari orqali aeratsiyaning yaxshilanishi isbotlangan;
burun shilliq qavatida eozinofil va neytrofillarning keskin oshishi, hujayra elementlarining destruksiyasi natijasida kasallikning qaytalanishi isbotlangan;
surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlardp kasallikning o‘ziga xos kechishi bo‘yicha klinik tekshiruvning hajmi va jarrohlik amaliyotidan so‘nggi davrda shilliq qavatning xususiyatlari asosida bemorlarni parvarishlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali gaymoritlarning qaytalanishini klinik-funksional baholash va ularni davolashni optimallashtirish bo‘lgan bemorlarda burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surunkali gaymoritni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlarda burun va yuqori jag‘ bo‘shliqlari shilliq qavatini funksional baholash” va “Surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlarni kompleks davolashni maqbullashtirish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomalar tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 8N-r/223-son va 2019 yil 3 iyundagi 8N-r/224-son ma’lumotnomalari). Ushbu uslubiy tavsiyanoma surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash samaradorligini oshirishga imkon bergan.
surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, xususan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi va Toshkent 1-shahar klinik shifoxonasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/172-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar surunkali gaymorit bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini 25%ga oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish