Masharipova Manzura Alimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt375.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/30.12.2019.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘ofurov Ubaydullo Vahobovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshidagi tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha maslahat markazlari negizida davlat-xususiy sheriklik prinsipi asosida kovorking markazlarini tashkil etish va hududlardagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
viloyat iqtisodiy salohiyati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik sub’ektlarining nisbatan istiqbolli, yuqori raqobat ustunligi hamda barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlovchi kichik biznesning strategik zonalarini tashkil etish asoslangan;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “tarmoq” va “hudud” imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish va ularni kengaytirib borish asosida mintaqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati uchun xos bo‘lgan “pazandachilik brendlari”ni tayyorlashga ixtisoslashgan oilaviy kichik korxonalar shaklidagi restoran biznesini kengaytirish asosida gastronomik turizmni rivojlantirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalla fuqarolar yig‘inlari qoshidagi tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha maslahat markazlari negizida davlat-xususiy sheriklik prinsipi asosida kovorking markazlarini tashkil etish va hududlardagi xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 19 dekabrdagi 11/0819782-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida DXSh asosida infratuzilma rivojlanib, KBXT sub’ektlari mahsulotlari hajmini yanada oshirishga erishilgan;
viloyat iqtisodiy salohiyati va o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tadbirkorlik sub’ektlarining nisbatan istiqbolli, yuqori raqobat ustunligi hamda barqaror daromad olish imkoniyatini ta’minlovchi kichik biznesning strategik zonalarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2019 yil 23 dekabrdagi 01-22/9241-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizmni amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda xizmatlar sohasida KBXT sub’ektlarining hayotiy sikli va faoliyat samaradorligi oshishiga erishilgan;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “tarmoq” va “hudud” imkoniyatlarini uyg‘unlashtirish va ularni kengaytirib borish asosida mintaqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 01-22/9241-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik biznesning ulushini yanada oshishiga erishilgan;
Xorazm viloyati uchun xos bo‘lgan “pazandachilik brendlari”ni tayyorlashga ixtisoslashgan oilaviy kichik korxonalar shaklidagi restoran biznesini kengaytirish asosida gastronomik turizmni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga qo‘llash uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 23 dekabrdagi 01-22/9241-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi xizmatlar sohasida KBXT sub’ektlari va xizmatlar sonini yanada oshirishga imkon bergan.