Voitova Gavxar Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarni indusirlangan homiladorlikning birinchi uch oyligida kechish va psixoemotsional xususiyatlari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib186.
Ilmiy rahbar: Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ayupova Farida Mirzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarning ruhiy-emotsional holatini hisobga olgan holda indusirlangan homiladorlik birinchi trimestrini olib borish taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birlamchi va ikkilamchi endokrin ayollar bepushtligining patogenetik jihatlari aniqlangan hamda gipotalamus-gipofiz-tuxumdonlar sistemasi gormonal metabolizmi buzilishining asosiy etiologik xavf omillarining strukturasi va ta’sir darajasi aniqlashtirilgan;
anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarda ruhiy-emotsional holat hamda gestatsion davr asoratlari chastotasi va ifodalanganligi orasida bog‘liqlik borligi aniqlangan;
anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarda indusirlangan homiladorlikda xavotir-depressiv xolatlar shakllanishining psixoemotsional xususiyatlari va ularning gestatsion davrda ko‘ngil aynish va qayt qilshning rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollar psixologik taranglik darajasini aniqlash indusirlangan homiladorlik kechishini bashorat qilish va gestatsion davr asoratlari rivojlanishi xavfini bartaraf qilish uchun erta psixoterapiya o‘tkazishning potensial zarurati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarda indusirlangan homiladorlikni olib borish natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra:
«Indusirlangan homiladorlik birinchi trimestrida ko‘ngil aynish va qayt qilish klinik kechishi xususiyatlari va olib borish taktikasi uslubiy tavsiyanomasi» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi №8n-r/189-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar indusirlangan homiladorlik bilan ayollarda ko‘ngil aynish va qayt qilish hamda ko‘p uchrovchi erta toksikozlarni kamaytirish hisobiga birinchi trimestrning kechishini yaxshilash imkonini bergan;
«Indusirlangan homiladorlik birinchi trimestrida ko‘ngil aynish va qayt qilishda davolash taktikasini tanlash uchun uslubiy qo‘llanma» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-r/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar indusirlangan homiladorlikning birinchi trimestrini olib borishga differensial yondashuvni optimallashtirish imkonini bergan;
anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollarda indusirlangan homiladorlikni olib borish natijalarini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Toshkent shahar perinatal markazi, Toshkent viloyat perinatal markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8n-r/189-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalarning joriy etilishi anamnezida bepushtlik bo‘lgan ayollar ruhiy-emotsional holatini hisobga olgan holda indusirlangan homiladorlik birinchi trimestri asoratlarini tashxislash sifatini oshirish, olib borish taktikasini optimallashtirish, erta ko‘ngil aynish va qayt qilish chastotasini va og‘irligini kamaytirish imkonini bergan.