To‘rakulov O‘ktamjon Nurmamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endovizual biliar xirurgiyada asoratlar strukturasi va sabablarining sistem tahlili hamda ularni profilaktikasining zamonaviy jihatlari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib242.
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Svirkun Viktor Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urakov Shuxrat Tuxtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «N.I. Pirogov nomidagi Milliy tibbiy-xirurgik markaz» Federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: laparoskopik xolesistektomiya vaqtida asoratlarning rivojlanishi sabablarining sinchkov tahlili, ular profilaktikasining diagnostik va amaliyot taktik-texnik jihatlarini standartlashtirish hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-ta’lim dasturlarini ustuvor rivojlantirish yo‘llarini tanlash orqali o‘t tosh kasalligini xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
laparoskopik xolesistektomiya turli asoratlari rivojlanishining amaliyot texnik jihatlariga, angiobiliar arxitektonika anatomik xususiyatlariga, o‘t tosh kasalligining asoratlariga bog‘liq bo‘lgan klinik-patogenetik xususiyatlariga, yondosh kasallikka va xirurgning tajribasi omiliga o‘zaro bog‘liq jihatlari aniqlangan;
laparoskopik xolesistektomiyada turli asoratlar rivojlanishining klinik-laborator va taktik-texnik xavf omillari tizimlashtirilgan hamda ularning asoratlar turli guruhlari (qon ketish, o‘t oqishi, o‘t yo‘llarining jarohati va rezidual xoledoxolitiaz) uchun ahamiyat darajasi aniqlangan;
amaliyot vaqtida o‘t qopi yo‘lini ajratish bosqichida yoki avvaldan bajarilgan endoskopik litoekstraksiyadan so‘ng toshlarning qaytadan umumiy o‘t yo‘liga migratsiya bo‘lishi rezidual xoledoxolitiaz sabablari orasida asosiy patogenetik mexanizm ekanligi, o‘z navbatida, klinik belgilar bo‘lmagani holida xolestaz sindromining mavjudligi esa ushbu asoratning maxsus patognomonik belgisi bo‘lib hisoblanishi isbotlangan;
endovizual biliar xirurgiyaning amaliy ko‘nikmalariga nazariy tayyorlash va tor ixtisoslashgan o‘qitish natijalariga ko‘ra xirurg reytingini malakali baholashning asosiy tarkibiy qismlari aniqlangan;
o‘t tosh kasalligi endovizual xirurgiyasi mavzulari bo‘yicha diplomdan keyingi ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturining tatbiq etilishi hamda asoratlar profilaktikasining taklif etilgan taktik algoritmlari amaliyot bajaruvchi xirurglarning malakali reytingini sezilarli yaxshilash va respublikada laparoskopik xolesistektomiya asoratlari sonini kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari chastotasini kamaytirish hisobiga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik xirurgik yordam sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot natijalari asosida:
«Jigardan tashqari o‘t yo‘llari rekonstruktiv-tiklovchi xirurgiyasining zamonaviy prinsiplari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 3n-z/194-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar o‘t yo‘llari jarohatlari turli klinik xavf omillarining ta’sirini aniqlash, bu esa, o‘z navbatida, amaliyotdan oldingi tayyorgarlik sifatini yaxshilash va amaliyot vaqtida taktik-texnik jihatlarni optimallashtirish hisobiga yatrogen jarohatlar chastotasini qisqartirish imkonini bergan;
o‘t yo‘llari yatrogen jarohatlari chastotasini kamaytirish hisobiga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik xirurgik yordam sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, uning Nukusdagi filiali, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 3n-z/194-son ma’lumotnomasi). O‘t tosh kasalligi endovizual xirurgiyasining muhim masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan diplomdan keyingi ta’lim dasturining tatbiq etilishi hamda asoratlar profilaktikasining taklif etilgan taktik algoritmlari amaliyot bajaruvchi xirurglar reytingini oshirish va laparoskopik xolesistektomiyada asoratlar ehtimolini biliar xirurgiya mutaxassislari orasida 0,40% dan 0,13% gacha, 5 yildan ortiq tajribali xirurglar orasida 0,86% dan 0,29% gacha va 5 yildan kam tajribali xirurglar o‘rtasida 2,72% dan 0,98% gacha kamaytirish imkonini bergan.