Matkarimov Qudrat Qalandarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat ishlari yurituvini insonparvarlashtirish», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Yu314.
Ilmiy malahatchi: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari yurituvini insonparvarlashtirishga qaratilgan xulosa va ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat protsessual qonunchiligida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olish va jinoyatga aloqadorligini tekshirish faqat sud orqali, ya’ni insonparvarlik qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi, shaxsiy sirga oid, pochta-telegraf jo‘natmalaridagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi lozimligi asoslab berilgan;
fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida sud tomonidan insonparvarlik prinsiplariga tayangan holda jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibini qonunga kiritish lozimligi asoslangan;
fuqarolarga tegishli jo‘natmalarni xatlash jarayonida sud`ya insonparvarlik qoidalariga zid ravishda protsessual harakatlar amalga oshirilganda jo‘natmalarni xatlashni rad qilish haqida ajrim chiqara olishi zarurligi haqidagi qoidani protsessual qonunchilikka kiritish lozimligi asoslangan;
shaxs huquqlarini muhofaza qilish, uning erkinligini cheklashda insonparvarlik qoidalariga tayangan holda gumon qilinuvchini ushlab turish muddatlarini 72 soatdan 48 soatga tushirish orqali optimallashtirish, qisqartirish zaruriyati, unga bo‘lgan protsessual ehtiyojning ko‘lami va yo‘nalishlari, o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan;
shaxsning himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash, insonparvarlikka asoslangan tergov tizimida adolatni ta’minlash maqsadida protsessual harakatlarda tergovchining xohishidan qat’i nazar, o‘z manfaatlarini himoya qiluvchi shaxslarning vakillarining ishda ishtirok etish huquqini berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
jinoyat protsessiga voyaga etmagan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga qonunchilikda nazarda tutilgan shaxslar orasidan qonuniy vakilni tanlash mexanizmini kiritish lozimligi asoslangan;
jinoyat protsessida jabrlanuvchining huquqiy maqomiga aniqlik kiritish, shu jumladan, jabrlanuvchi maqomi beriladigan shaxslar doirasini kengaytirish zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat ishlari yurituvini insonparvarlashtirishga oid milliy qonunchilik va amaliyotni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
jinoyat protsessual qonunchiligida fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olish va jinoyatga aloqadorligini tekshirish faqat sud orqali ya’ni insonparvarlik qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi, shaxsiy sirga oid, pochta-telegraf jo‘natmalaridagi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 166-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 16 maydagi 06/2947-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash jarayonlarini tartibga solishga hissa qo‘shgan;
fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida sud tomonidan insonparvarlik prinsiplariga tayangan holda, jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish tartibini qonunga kiritish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 1661-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 28 sentyabrdagi 06/1-05/178VX-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi pochta-telegraf jo‘natmalari yuzasidan berilgan iltimosnomani ko‘rishni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
fuqarolarga tegishli jo‘natmalarni xatlash jarayonida sud`ya insonparvarlik qoidalariga zid ravishda protsessual harakatlar amalga oshirilganda jo‘natmalarni xatlashni rad qilish haqida ajrim chiqara olishi zarurligi haqidagi qoidani protsessual qonunchilikka kiritish lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 1662-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 16 maydagi 06/2947-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi faqatgina sud`yaning pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash va uni rad qilish haqida ajrim chiqarish jarayonlarini tartibga solishga hissa qo‘shgan;
shaxs huquqlarini muhofaza qilish, uning erkinligini cheklashda insonparvarlik qoidalariga tayangan holda gumon qilinuvchini ushlab turish muddatlarini 72 soatdan 48 soatga tushurish orqali optimallashtirish, qisqartirish zaruriyati, unga bo‘lgan protsessual ehtiyojning ko‘lami va yo‘nalishlari, o‘rni va ahamiyatiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 226-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 28 sentyabrdagi 06/1-05/178VX-son ma’lumotnomasi ). Ushbu takliflarning joriy etilishi fuqarolarni ushlab turish muddatlarini qisqartirish orqali insonparvarlashtirishga xizmat qilgan.