Yarkulova Zulayxo Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kuzgi arpa hosildorligiga ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlarining ta’siri (Qashqadaryo viloyati misolida)», 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Qx250.
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01. 
Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy–tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyati sharoitida sug‘oriladigan erlarga ekiladigan kuzgi arpaning intensiv navlaridan eng yuqori va sifatli, tannarxi past don hosili olishni ta’minlaydigan maqbul ekish muddatlari va ma’danli o‘g‘it me’yorlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyati sharoitida arpaning biologik kuzgi Mavlono, duvarak Bolg‘ali navlari mintaqa tuproq-iqlim sharoiti, navlarning biologik xususiyatlari inobatga olingan holda maqbul ekish muddatlari, ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari aniqlangan;
turli ekish muddatlari va ma’dan o‘g‘itlarning arpa navlarining o‘sishi, rivojlanishi, o‘simliklarning qishlab chiqishi, hosilning shakllanishi, yotib qolishga chidamliligi aniqlangan;
arpa navlari dondagi oqsil miqdori, biokimyoviy tarkibi, ozuqaviy qimmati, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlariga bog‘liq holda tahlil qilingan;
arpa navlari uchun takomillashgan etishtirish texnologiyasi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida arpaning kuzgi Mavlono va duvarak Bolg‘ali navlarining don hosili va sifatiga ekish muddatlari hamda o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
arpa etishtirish bo‘yicha «Kuzgi arpa hosildorligiga ekish muddatlari va o‘g‘itlash me’yorlarining ta’siri» nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi №02/021-273 son ma’lumotnomasi). Bu fermer xo‘jaliklariga amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
arpaning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, Mavlono va Bolg‘ali navlari urug‘larini 15 oktyabrda ekish agrotexnologiyasi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan erlari sharoitida g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida (Qarshi, Qamashi, Kasbi tumanlarida) jami 74 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi №02/021-273 son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarida arpa hosildorligi 48,7-52,7 s/ga ni tashkil etib, soha rentabelligi 31,6-32,7% oshishiga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan erlari sharoitida biologik kuzgi Mavlono va Bolg‘ali navlarini etishtirishda ma’danli o‘g‘itlarning gektariga N180P90K60 kg/ga me’yorda tabaqalashtirib qo‘llash texnologiyasi 36 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi №02/021-273 son ma’lumotnomasi). Natijada, Mavlono navidan 46,7-51,3 s/ga, Bolg‘ali navidan esa 45,6-47,4 s/ga don hosili olinib, fermer xo‘jaliklari daromadi va tarmoq rentabelligi 30,3-32,6% oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish