Urinov Muso Boltaevichning
fan doktori (DSc)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prozoplegik va prozopalgik sindromlarning jins va genderga bog‘liq klinik-patogenetik tahlili», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib252.
Ilmiy maslaxatchi: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Nurgujaev Erkin Ismagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Mirdjuraev Elbek Mirshovkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat vrachlar malakasini oshirish instituti (Ozarbayjon).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuz nervi nevropatiyasida prozoplegiya (PPL) va va uch shoxli nerv nevralgiyasida prozopalgiya (PPA) sindromlarining kechishiga jins va gender ta’sirini aniqlash va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor PPL va PPA sindromli bemorlarda maskulinlik va femininlik xavf omillari aniqlangan va erta tashxislash ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
ilk bor PPL va PPA sindromli bemorlarning affektiv holati, og‘riq holati va neyrofiziologik ko‘rsatkichlar o‘zgarishi bilan gender xarakteristikasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlangan;
jins demorfizmi aspektida PPL va PPA sindromli bemorlarda neyropsixologik status, vegetativ holat bilan mutanosib tarzda o‘zgarishi va bu ko‘rsatkichlarning me’yordan og‘ish darajasi bemorlarning og‘irlik darajasini belgilab berishi aniqlangan;
PPL va PPA sindromli bemorlarda erkaklarda femininlik, ayollarda maskulinlik belgilarining namoyon bo‘lishi kasallik tiklanish tempining sekinlashishiga, vegetativ o‘zgarishlar va depressiyaning og‘irlik darajasi kuchayishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri aniqlangan;
PPL va PPA sindromli bemorlarda klinik simptomlari, uning strukturasi (giperakuziya, kserostomiya, gipogevziya, kseroftalmiya) yoshga va jinsga nisbatan kechishining farqlanishi aniqlangan;
bemorlarning jinsi va genderini hisobga olgan holda prozopalgiya va prozoplegiya sindromlarining tayanch davosiga qo‘shimcha antidepressantlar qo‘llash neyropsixologik jarayonlarga ijobiy ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jins va gender nuqtai nazaridan prozoplegik va prozopalgik sindromlarning klinik-patogenetik tahlilini amalga oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jinsiy mansubligini hisobga olgan holda prozopalgik va prozoplegik sindromlarning differensial terapiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/148-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma prozopalgik sindromlar xurujini qisqartirish, erkak va ayol jinsidagi shaxslarda remissiya davrini uzaytirish, shuningdek, prozoplegiya hamda pozopalgiyani davolash usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
«Prozopalgik va prozoplegik sindromlarning reablitatsiyasini optimallashtirishning erkak va ayollarga xosligini aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 iyuldagi 8n-r/239-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma SVP bo‘lgan bemorlarda VSDni erta tashxislash hamda terapevtik chora-tadbirlarni takomillashtirish imkonini bergan;
prozopalgik va prozoplegik sindromlarni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublarning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasiga, Kogon shahar tibbiy birlashmasiga, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan Somatik shifoxonasiga, Buxoro shahar 5 va 6-son oilaviy poliklinikalar amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 8n-d/160-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi prozopalgiya va prozoplegiya sindromlari bo‘yicha ambulatoriya-poliklinika xizmatiga murojaatlarni kamaytirish, ushbu kasallikni davolashga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish