Mirsaidov Miraziz Mirxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertrofik kardiomiopatiyani tashxislash va xirurgik davolashni muqobillashtirish», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib260.
Ilmiy maslahatchi: Abralov Xakimjon Kabuldjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xikmatov Azimjon Asatillaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi «N.I. Pirogov nomidagi Milliy tibbiyot-xirurgiya markazi» Federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyali bemorlarni jarrohlik bilan davolash natijalarini Morrow operatsiyasining texnik jihatlarini takomillashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda xirurgik amaliyotlarning kardioxirurgik spektri tarkibida gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyaning uchrash chastotasi aniqlangan;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada chap qorincha chiqish trakti obstruksiyasi shakllanishining anatomik-topografik xususiyatlarini ob’ektiv baholashdagi MSKT-mezonlari aniqlangan;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyani differensial tasdiqlash uchun eng patognomonik angiokardiografik va MSKT belgi bo‘lmish chap qorincha anatomiyasining “qum soat” shaklida bo‘shliq shakllanishi bilan o‘zgarishi isbotlangan;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyada qorinchalararo to‘siq qalinlashishi va mitral etishmovchiligi darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya sistolik bosim gradientini pasaytirish hamda chap qorinchaning diastolik vazifasini yaxshilashga qaratilgan xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya bilan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Mitral etishmovchilik hamrohligida gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyani jarrohlik yo‘li bilan davolash usuli»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 05074, 14.08.2015 y.). Taklif etilgan usul gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyali bemorlarda amaliyotdan keyingi sistolik bosim gradienti va mitral klapanda regurgitatsiya darajasini pasaytirishga imkon bergan;
«Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyani xirurgik davolash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-z/164-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tavsiyalar gipertrofik kardiomiopatiyali bemorlarni tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyani xirurgik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-z/164-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiyani xirurgik davolash uchun taklif etilgan usulni qo‘llash xirurgik davolashni optimallashtirish hamda klassik Morrow usulidan farqli ravishda sistolik bosim gradienti va mitral klapanda regurgitatsiya darajasini pasaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish