Axmedova Firuza Mirzakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda essensial arterial gipertenziyaning shakllanishida endoteliyga – bog‘liq xavf omillari (tashxis mezonlari va profilaktikasi)», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib303.
Ilmiy rahbar: Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Inobat Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda essensial arterial gipertenziyaning shakllanishida endoteliyga bog‘liq xavf omillarini aniqlash hamda tashxislash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar essensial arterial gipertenziyasi rivojlanishida irsiy moyillik, markaziy asab tizimining perinatal shikastlanishi, kam vaznlik va jismoniy faollikning sustligi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor endoteliy vazodilatatsiyasi faoliyatining buzilishi va uyqu arteriyasi intima-media devorining qalinlashuvi bolalarda essensial arterial gipertenziya shakllanishining erta bosqichlarida yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor bolalar essensial arterial gipertenziyada yallig‘lanishga xos omillar (SRO va FNO-α) miqdorining ortishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar miqdorining proporsional kamayishi vegetativ nerv tizimining zo‘riqib ishlashi bilan bog‘liqligi asoslangan;
bolalarda essensial arterial diastolik (labil) va sistolik (stabil) gipertenziyasida endotelial disfunksiyasi markeri endotelin-1-21 miqdorining ortishi va D vitaminining tanqisligi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda essensial arterial gipertenziyaning shakllanishida endoteliyga bog‘liq xavf omillarini aniqlash xamda tashxislash va profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda arterial gipertenziya: modullashtirilmagan va potensial bartaraf qilinuvchi xavf omillari va ularni baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 8n-d/95-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda essensial arterial gipertenziyaning shakllanishini erta tashxislash, uning asoratlarini oldini olish va samarali davolashga imkon yaratgan;
«Bolalarda essensial arterial gipertenziyada endotelial disfunksiyani tashxislash usullari va uning profilaktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 apreldagi 8n-d/95-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda essensial arterial gipertenziya rivojlanishida endotelial disfunksiyani erta tashxislash va asoratlari rivojlanishining oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirishga imkoniyat yaratgan;
bolalarda essensial arterial gipertenziya shakllanishida endoteliyga bog‘liq xavf omillarining tashxis mezonlari va ular profilaktikasining samarali usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli oilaviy poliklinikasi, Buxoro viloyati Jondor tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi va Samarqand shahar 3-sonli oilaviy poliklinikasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-z/163-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirgan, bolalarda essensial arterial gipertenziya rivojlanishini barvaqt aniqlash va nazorat qilib turish, asoratlarning oldini olish va ularni kamaytirish va samarali davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga imkon yaratgan.