Ismailov Baxodir Abdimusaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar eksperimental xirurgiyasida «Geprotsel» qon to‘xtatuvchi qoplamaning samarasini baholash», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib514.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Rustam Abrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi «B.V. Petrovskiy nomidagi Rossiya xirurgiya ilmiy markazi» Federal davlat ilmiy byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigar shikastlanishining eksperimental modelida qon to‘xtatuvchi qoplama «Geprotsel»ni ishlab chiqish va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta sellyulozasidan olingan kompozit polimer materiallardan bioso‘riluvchan qon to‘xtatuvchi xirurgik vositani olish usuli ishlab chiqilgan;
zararlanish hududida tiklanish jarayonlarning yaxshilanishi bilan «Geprotsel» qoplamasining etarli qon to‘xtatish samarasi o‘laroq, biologik to‘qimalarga yuqori darajada adgezivligi isbotlangan;
jarrohlik zararlangan sohada yallig‘lanish jarayonining kamayishiga yordam beruvchi qon to‘xtatuvchi qoplamaning kal`siy ionlarining ruxsat etilgan konsentratsiyasi, shuningdek, optimal rN ko‘rsatkichi aniqlangan;
eksperiment sharoitida «Geprotsel» yangi qon to‘xtatuvchi qoplamasining biologik xavfsizligi aniqlangan va toksiklik, ta’sirlantirish, allergik ta’sir yo‘qligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar jarrohligida «Geprotsel» qon to‘xtatuvchi qoplamasi samaradorligini baholash bo‘yichaolingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ishlab chiqilgan «Bioso‘riluvchan qon to‘xtatuvchi xirurgik vosita»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 05906-son; 24.04.2015 y.). Tavsiya etilgan yangi qon to‘xtatuvchi qoplamaning tatbiq etilishi aralash va kapillyar qon ketishli jigar jarohatlarida qon to‘xtatish samarasini oshirish imkonini bergan;
«Jarrohlikda mahalliy qon to‘xtatuvchi qoplama «Geprotsel»dan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 8n-d/232-son ma’lumotnomasi). Yangi qon to‘xtatuvchi implantatning tatbiq etilishi jigar to‘qimasidan parenximatoz qon ketishni to‘xtatish natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
jigar jarrohligida gemostatik qoplama samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga va Samarqand davlat tibbiyot institutining 1-klinikasiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 8n-d/232-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Yangi qon to‘xtatuvchi qoplamaning tatbiq etilishi ishonchli qon to‘xtatishni ta’minlash, jarrohlik amaliyoti vaqtida qayta qon ketish xavfini 22% dan 5,6% gacha kamaytirish va yallig‘lanish jarayoni va biologik so‘rilish davrini 52,5 ± 5,1 dan 20,1 ± 2,4 kungacha kamaytirish imkonini bergan.