Kuliev Ozod Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda kamqonlik kasalligining tarqalganligi, xavf omillari va ularga sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida davolash-profilaktika yordamini takomillashtirish (Jizzax viloyati misolida)», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment, 14.00.29–Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib521.
Ilmiy rahbarlar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston Tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida bolalardagi kamqonlik kasalligining oldini olish, barvaqt aniqlash, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy-tashkiliy, profilaktik yordamni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda kamqonlik kelib chiqishi va rivojlanishini bemor yoshi va jinsiga bog‘liqligi tahlil qilinib, eng kam 0–3 yoshda (45,5±1,8%) va eng ko‘p 15–18 yoshli bolalarda (64,1±1,7%) uchrashi hamda kamqonlik kasalligi o‘g‘il bolalarda 60,7±1,8% va qiz bolalarda 61,9±1,9% ni tashkil etishi aniqlangan;
mikronutrientlar (temir, mis, ruh, marganes, kobalt, selen, xrom, yod, kadmiy, surma), foliy kislotasi hamda gel`mintozlarning kamqonlik bilan o‘zaro sabab-oqibat bog‘liqligi sharoitida gel`mintoz bilan xastalangan bolalar qonida sog‘lom bolalarga nisbatan keskin kamayishi (R<0,05) asoslangan;
bolalar va ular yashayotgan oilalarning turmush tarzi va sharoitini kompleks baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini uchun bolalarda kamqonlik kasalligini barvaqt aniqlash, tashxislash, shuningdek birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi hamda davolash usullari bo‘yicha foliy kislotasi, mis, ruh, kobalt, selen, yod, shuningdek antigel`mint terapiyani qo‘shish tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda kamqonlik kasalligi tarqalganligining tibbiy-ijtimoiy qirralari, xavf omillari va ularga sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni yanada takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda kamqonlik kasalligi xavf omillarini va ularni prognozlash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-r/163-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda tarqalgan kamqonlik kasalligining xavfli omillarini prognozlash, kasallikni barvaqt aniqlash va uning profilaktikasiga tizimli yondashuv darajasini oshirish imkonini bergan;
“Defisit folievoy kisloti i sovremennaya laboratornaya diagnostika” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2011 yil 4 avgustdagi 8n/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma inson organizmida foliy kislotaning ahamiyati, foliy kislota etishmaslikka olib keluvchi sabablari, klinikasi, profilaktikasi va foliy kislota etishmasligini zamonaviy laboratoriya diagnostikasi yordamida aniqlash imkonini bergan;
kamqonlikning oldini olish, barvaqt aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktikasini tibbiy-tashkiliy jihatdan takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Jizzax viloyatining Paxtakor va Do‘stlik tumanlari markaziy poliklinikalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 maydagi 8N-d/110-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kamqonlik bilan kasallangan bemorlarda uning asoratlarining kamayishi, turmush tarzi va hayot sifati yaxshilanishi hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida mazkur shaxslar va bemorlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi tadbirlarni samarali tashkil etish imkonini bergan.