Usmonov Isomiddin Haydarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil spondilitlarini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, jarrohlik uslublarini ishlab chiqish», 14.00.26–Ftiziatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Tib347.
Ilmiy maslahatchi: Nazirov Primqul Xo‘jamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Muxtarov Davron Zuxurovich, tibbiyot fanlari doktori; Sadikov Abduvaxit, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shatursunov Shaxaydar Shaalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg ftiziopul`monologiya ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil spondilitlarini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, jarohlik uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sil spondilitini jarrohlik usulida davolashda titan to‘rli keydj va sintetik biomateriallarning qo‘llanilishi klassik jarrohlik amaliyotidan keyingi kuzatiladigan asoratlarning oldini olishi isbotlangan;
ilk bor sil spondilitida bemorlarning «donor» suyaklaridan autotransplantat olishning kam jarohatli parallelepiped shaklida, kichik suyak bo‘lakchalari va silindr shaklidagi frezo orqali olinib takomillashtirilgan;
ilk bor suyaklarni reparativ va antibakterial xususiyatini oshirish maqsadida  ossein-gidroksiapatit hamda bisillin-5 birikmali implantat ishlatilishi asoslangan;
ilk bor sil spondilitini tashxislashda sil mikobakteriyasining dorilarga sezgirligini aniqlashda molekulyar-genetik hamda bakteriologik uslublarni birga qo‘llash kasallikni radikal davolash imkonini berishi isbotlangan;
ilk bor sil spondiliti bilan ushbu jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda reabilitatsiya tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sil spondilitlarini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, jarrohlik uslublarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Umurtqa pog‘onasining sildan zararlanishini davolashda titan to‘rli keydjni qo‘llab, takomillashtirilgan jarrohlik uslubi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma titan to‘rli keydjni qo‘llash orqali umurtqa pog‘onasining sil bilan zararlanganda xirurgik davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Sil spondilitlarini tashxislashdagi va klassik turdagi radikal-tiklovchi amaliyotlarning natijalarini tahlil qilish yo‘nalishlari» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli davolash bosqichlarida sil spondilitini tashxislashda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklarni, klassik turdagi radikal-tiklovchi amaliyotlarda qo‘llaniladigan autosuyakli sondilodezlash uslublarining kamchiliklarini o‘rganish va bartaraf etish imkonini bergan;
«Umurtqa pog‘onasi silini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab o‘tkazilgan radikal-tiklovchi jarrohlik amaliyotlaridan keyingi reabilitatsiya uslublari» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/166-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma sil spondilitini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab radikal-tiklovchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarni reabilitatsiya qilishda erta va uzoqlashgan davrdagi samarali sog‘lomlashtirish imkonini bergan;
sil spondilitlarini davolashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, jarrohlik uslublarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Andijon, Toshkent, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlari sil kasalliklari dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/166-son ma’lumotnomasi). Natijada titan to‘rli silindrsimon keydjni qo‘llagan holda xastalangan bemorlarni davolash tizimini to‘g‘ri tashkillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish