Pulatova Barno Juraxonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori lab va tanlay tug‘ma kemtikli bolalarda kompleks stomatologik yordamni ishlab chiqish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib238.
Ilmiy maslahatchi: Amanullaev Rustam Azimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shalabaeva Klara Zulkarnaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori; Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navarre xalq universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: yuqori lab va tanglay tug‘ma nuqsonli bolalarda davolash-profilaktik va reabilitatsion tadbirlar kompleksini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yumshoq tanglay mushaklarini bo‘ylama kesish orqali m.levator veli palatine ajratilishi, burun shilliq qavatining mushakli asosiga tanglayni uzaytirish, organning anatomik-funksional holatini tiklash hamda kemtik fragmentlari orasidagi masofaning qisqarishi orqali bolalarning nutq faoliyatini rivojlantirish asoslangan;
burun stendli burunal`veolyar moldingni modifisirlangan usulda tanglay o‘simtasi kichik fragmentining uzayishi, yuqori jag‘ suyagi fragmentlarini jipslashishida burun uchi qarama-qarshi kemtikka 10%ga kamayishi hamda kolumellasini mushaklarning anatomik faoliyatini sog‘lom tarafga 70 ga o‘zgarishi isbotlangan;
ortodontik davolashda O-simon nazal stendli nazoal`veolyar moldingni qo‘llash, yuqori jag‘ fragmentlarining o‘sishi va xeyloplastikadan avval toresli kontaktga o‘rnashishi, yuqori jag‘ fragmentlari (SR-SL) orasidagi yoriq boshlang‘ich ko‘rsatkichdan 40%ga kamayishi birlamchi xeyloplastikaning samaradorligi isbotlangan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda 3D skaner yordamida yuqori jag‘ nazorat-tashxislash modellarini CAD-CAM takomillashtirilgan texnologiyasida yuqori jag‘ tish alveolyar yoyining antropometrik o‘lchami va ortodontik taktikani tanlashga asoslangan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalar va ota-onalarida diastema, qisqa tanglay, qisqa til yuganchasi va progeniya kabi orofatsial mikroalomatlar mavjudligi bilan fenotipik aks etuvchi GSTP1lle105 Val genining G/G va A/G genotiplari polimorfizmining noqulay omillar bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
uranoplastik usulida yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtigini xirurgik amaliyoti sohaning anatomo-fiziologik tuzilishi, qonning klinik-laborator, biokimyoviy ko‘rsatkichlari hamda yuqori jag‘ suyagi me’yoriy o‘sish xususiyatlarining tiklanish darajasi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda kompleks stomatologik yordamni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tanglay tug‘ma kemtiklarini jarrohlik davolash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tanglay tug‘ma kemtigi mavjud bo‘lgan bolalarda jarrohlik usulda davolash samaradorligini oshirish, qattiq va yumshoq tanglay anatomo-funksional holatini tiklash imkoniyatini beruvchi jarrohlik usulida davolashning yangi uslubini ishlab chiqish imkonini bergan;
«Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni davolashda kompleks yondashuv» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomasi YuLTTKli bolalarni davolashda turli yo‘nalishdagi mutaxassislarning: ortodont, xirurg, pediatr, logoped, genetiklarni kompleks yondashuvini amalga oshirish imkonini bergan;
«Yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarni reabilitatsiyasida logopedik yordam» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma viloyat markazlaridan uzoq joylashgan hududlardagi logopedlar, stomatolog-pediatrlarning keng doirasiga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur kontingentni logopedik davolash imkonini bergan;
«Yuqori lab va tanglay kesib o‘tuvchi tug‘ma kemtikli bolalarni davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada bolalarning reabilitatsiya bosqichlarida YuLTTKni kompleks davolashning konkret sxemasini keltirish imkonini bergan;
«Tanglay tug‘ma kemtigini jarrohlik davolash usuli» foydali modeli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№FAP 01377 – 31.05.2019 y.). Mazkur uranoplastika usuli tanglay kemtiklari og‘irlik darajalaridan qat’i nazar tanglay nuqsonini bir bosqichda va samarali bartaraf etish hamda reabilitatsiya muddatini qisqartirish imkonini bergan;
«Yuqori lab va tanglay kesib o‘tuvchi tug‘ma kemtikli bolalarni xeyloplastika operatsiyasiga erta kompleks tayyorlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 01378 – 31.05.2019 y.). Xeyloplastikaga ortodontik predoperatsion tayyorlash usuli birlamchi xeyloplastikani o‘tkazish uchun erta bosqichda burun va yuqori jag‘ suyagi strukturasini maksimal to‘g‘ri holatga keltirish imkonini bergan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda kompleks stomatologik yordamni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya institutining klinikasi, Namangan shahar bolalar shifoxonasi, Buxoro va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyundagi 8n-z/110-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yuqori lab va tanglay tug‘ma kemtikli bolalarda qo‘llanilayotgan davolash usullarini samaradorligi ularning ovqatlanish tartibi, nafas olish, nutqini ravonlashishi bilan birgalikda shifoxonada davolash mudatini 25%ga qisqartirish imkonini bergan.