Boltaboev Ulug‘bek Abdusalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini optimallashtirish», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib877.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Lyutpillaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibiyot akademiyasi Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poyabzal ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining mehnat sharoiti va funksional holatiga ishlab chiqarish omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan gigienik tavsiyalarni ishlab chiqishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poyabzal ishlab chiqarish korxonasi asosiy ish joylaridan olingan havo sinamalarida kimyoviy moddalardan bug‘ holatidagi benzin, butilatsetat, atseton, etilatsetat miqdori tayyorlash va tikish sexlari ish o‘rinlari havosida me’yoriy ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda 1,5; 2; 1,5 va 0,2 martaga ortiqchaligi asoslangan;
poyabzal ishlab chiqarish korxonalari ishchilar asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqish, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bichuvchi, tayyorlovchi va tikuvchilarning mehnat sharoiti 3-sinf zararli 1 chidan 2-daraja (3.2; 3.1; 3.2)si isbotlangan;
poyabzal ishlab chiqarishdagi ishchilar orasida allergik kasalliklar, asosiy ish joylaridagi mehnat jarayonining og‘irligi va zo‘riqish, zararlilik va xavflilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha bichuvchi, tayyorlovchi va tikuvchilarning mehnat sharoiti 3-sinf zararli 1 chidan 2-daraja (3.2; 3.1; 3.2)si isbotlangan;
poyabzal ishlab chiqarish korxonalari ishchilarida allergik kasalliklar yosh guruhi bo‘yicha 1-guruh ishchilarda 61,4%, 2-chi guruh ishlovchilarda – 15,7% va 3-guruhda – 22,9%, ish staji bo‘yicha 1-guruh ishchilarida – 42,3%, 2-guruhda – 23,4% va 3-guruhda – 34,3% ni tashkil qilishi asoslangan;
poyabzal ishlab chiqarish korxonalari ishchilarining kun davomida jismoniy va ruhiy yuklamasini optimallashtirishga qaratilgan mehnat qobiliyatining yuqori darajasini ta’minlashga qaratilgan gigienik me’yorlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Poyafzal ishlab chiqarish korxonalari mehnat sharoitlarini optimallashtirish bo‘yicha gigienik tavsiyalar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 iyuldagi 8n-d/176-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan poyabzal ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha mayda va yirik xususiy va davlat korxonalarida optimal mehnat sharoitlarini yaratish uchun imkon bergan;
poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya markazi, Farg‘ona viloyati va Farg‘ona shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi hamda «UzSalaman» payabzal ishlab chiqarish korxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 iyuldagi 8n-z/133-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi poyabzal ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchilar organizmiga xavfli va zararli omillar ta’sirini gigienik baho berish, ularning salbiy ta’sirini oldini olish, asosiy kasbiy malaka guruhlari ish joylari mehnat sharoitlarining to‘g‘ri taqsimlanishining tashkillashtirish, kasalliklarni erta aniqlashga va ish sharoitlarni o‘zgartirish natijasida ishchilar orasida kasallanishlar darajasining 12,3 % kamayishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish