Davronov Qaxramonjon Anvarjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agrotexnik omillar orqali g‘o‘zada hosil elementlari to‘kilishining oldini olish choralarini takomillashtirish”, 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Qx5.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Elmurodov Abdug‘ani Aktamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Rahmonqulov Saidakbar Rahmonqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Sayidmurot Kimsanboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizning o‘tloqi soz va tipik bo‘z tuproqlari sharoitida chigitga ekish oldidan va g‘o‘zaning o‘suv davrida stimulyatorlar, bioo‘g‘it va suyuq holdagi o‘g‘itlar bilan ishlov berishning hamda g‘o‘zani chilpishda retardant qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab chiqish orqali g‘o‘za hosil elementlari to‘kilishining oldini olish choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning o‘tloqi soz va tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za navlari parvarishida chigitga ekish oldidan Vitavaks 200 FF, Unum stimulyatorlarini va Bioenergiya bioo‘g‘iti bilan ishlov berishning maqbul me’yorlari aniqlangan;
chigitga ekish oldidan Vitavaks 200 FF bilan 5,0 l/t, Unum bilan 2,0 ml/t va Bioenergiya bioo‘g‘iti 5,0 l/t me’yorlarda ishlov berish hamda g‘o‘zaning o‘suv davrlarida Bioenergiya bioo‘g‘iti bilan 5,0 l/t va 6 l/ga me’yorlarida hamda g‘o‘zani bargidan suyuq azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda yangi SAKO‘ (suyuq azot-kal`siyli o‘g‘iti)ning 5 l/ga va 10 l/ga me’yorlari bilan ishlov berilganda nihollarning unib chiqishi 10-15% tezlashgani, o‘sish rivojlanishi yaxshilanib, gommoz va ildizchirish bilan zararlanishi kamaygani aniqlangan;
g‘o‘za parvarishida o‘simlikning hosil elementlari to‘kilishining oldini olishda kimyoviy usulda chilpish uchun Dalpiks retardantini qo‘llash me’yorlari ishlab chiqilgan;
g‘o‘za parvarishida fiziologik faol moddalar hamda suyuq azotli o‘g‘itlardan samarali foydalanishning g‘o‘za hosil elementlari to‘kilishining oldini olish agrotexnologik tadbirlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida g‘o‘za parvarishida dastlab chigitni ekish oldidan Vitavaks 200 FF, Unum, Bioenergiya kabi fiziologik faol moddalar bilan ishlov berish, kimyoviy chilpishda Dalpiks retardantini qo‘llash va suyuq o‘g‘itlardan SAKO‘ va Bioenergiya bioo‘g‘iti bilan o‘simlikni o‘suv davrlarida bargidan oziqlantirish bo‘yicha qo‘llanma sifatida foydalanish uchun “Paxta hosilini etishtirishda muhim agrotexnik tadbirlar” tavsiyanomasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2804-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida paxta etishtirishda chigitga ekish oldidan Bioenergiya bioo‘g‘iti bilan 5 l/t me’yorida ishlov berib, Beshariq tumanida 150 gektar, Dang‘ara tumanida 1255 gektar jami 1405 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2804-son ma’lumotnomasi). Ushbu agrotexnologiya joriy etilishi evaziga o‘simlikning rivojlanishi, ildiz tizimining yaxshi shakllanishi, hosil to‘plashi yaxshilanishi hisobiga gektaridan 3,2–3,1 sentner qo‘shimcha paxta hosili olinishiga erishilgan;
g‘o‘zani o‘suv davrlarida SAKO‘ suyuq azot-kal`siyli o‘g‘iti bilan 15–20 l/ga me’yori bilan shonalash va gullash davrlarida ishlov berilishi bo‘yicha jami 1145 gektar maydonlarda qo‘llanilib, Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 2550 gektar g‘o‘za maydonlarida maqbul parvarishlash agrotexnologiyalari joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2804-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida bir gektar maydondan 33,0–36,0 sentnerdan hosil olinib, rejaga nisbatan 4–5 sentner qo‘shimcha paxta hosil olishga va rentabellik darajasining oshishiga erishilgan;
o‘tloqi soz tuproqlar sharoitida g‘o‘zani 3-4 chin barg, shonalash va gullash davrlarida Bioenergiya bioo‘g‘itini gektariga 5 litr, SAKO‘ o‘g‘itini 5 l/ga va 10 l/ga me’yorida Dang‘ara tumanida 405 gektar maydonda qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2804-son ma’lumotnomasi). Natijada hosil elementlarining to‘kilishi 48,5–48,6% ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 11,0–11,5% ga kamroq bo‘lgani holda o‘rtacha 3,2–3,1 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan.