Shamuratova Nasima Genjemuratovnaning
falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tengsiz ipakchi entomopatogen mikroorganizmlarini o‘rganish va ulardan biologik himoya qilish usulida foydalanish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx359.
Ilmiy rahbar: Nurjanov Allabergan Abdalyazovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xujamurat Xamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xoldorov Mirxalil Urazbekovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jalik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tengsiz ipakchining o‘rmon-mevali daraxtlar populyasiyasi entomopatogen mikroorganizmlarini o‘rganish va uning yadro poliedrozi virusini biologik kurash tizimida foydalanish istiqbolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tengsiz ipakchining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida tarqalgan populyasiyasi Lymantria dispar dispar L. kenja turiga mansub ekanligi aniqlangan;
tengsiz ipakchi populyasiyasi qurtlarining entomopatogen mikroorganizmlar bilan zararlanishi aniqlanib, ularning 1,5% zamburug‘lar, 1,4% bakteriyalar va 6,8% esa viruslar ta’sirida nobud bo‘lishi, entomofag parazitlar va virus ta’siridagi aralash zararlanish esa 4,9% ni tashkil qilishi aniqlangan;
ilk bor tengsiz ipakchi qurtlaridan uning kasalligini qo‘zg‘atuvchi Lymantria dispar multiple nucleopolyhedrovirus virusi shtammi ajratib olingan va virulentlik xususiyatlari aniqlangan;
yadro poliedrozi virusi tengsiz ipakchi populyasiyasida latent holda uchrashi va u tabiiy omillar ta’sirida, hasharot rivojlanishi faollashgan davrida uning qurtlarini 4,6–22,1% tabiiy zararlab, zararkunanda miqdorini tabiiy cheklashda ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
ilk bor yadro poliedrozi virusi yuqori virulentikka ega bo‘lgan shtammi asosida yangi VIRIN-LdU virusli preparati namunasi olingan, uning tengsiz ipakchi qurtlariga nisbatan biologik samaradorligi laboratoriya sharoitida 91,2±2,6% va dala sharoitida esa 89,0±1,8% ga teng ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tengsiz ipakchi (Lymantria dispar L.) entomopatogen mikroorganizmlarini o‘rganish va ulardan biologik himoya qilish usulida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
tengsiz ipakchi qurtlaridan uning kasalligini qo‘zg‘atuvchi Lymantria dispar multiple nucleopolyhedrovirus ajratib olingan virusi shtammi O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining kolleksiyasi Xalqaro mikroorganizmlar kadastri ro‘yxatiga kiritilib, xalqaro tadqiqotlar uchun taqdim qilingan va tegishli sertifikat olingan (O‘zR FAning 2018 yil 23 noyabrdagi 01/01-795-sonli sertifikati). Natijada Lymantria dispar multicapsid nuclearpolyhedrosisvirus (Baculoviridae: Alphabaculovirus) virusiga oid ma’lumotlar bioxilma-xilliklari elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti “Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi” genofondida 44 turkumga oid 100 dan ortiq tur 886 shtamm fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar saqlanib, ushbu Butun jahon mikroorganizmlar kolleksiyalari markaziga 862-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (O‘zR FAning 2018 yil 26 noyabrdagi 4/1255-3078-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlardan dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan Lymantria dispar multicapsid nuclear polyhedrosis virus (Baculoviridae: Alphabaculovirus) turkumiga oid shtammini tadqiq qilishda global doirada foydalanilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasida ilk bor yaratilgan VIRIN-LDU preparati namunasi mevali daraxtlarda tengsiz ipakchi kichik yoshdagi qurtlariga nisbatan ishlab chiqarish tadqiqotlarida dala sharoitida 0,25 ga maydonda qo‘llanilgan. (Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Akademik M.Mirzaev BUVITI tog‘ ilmiy-tadqiqot stansiyasining 2019 yil 8 avgustdagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada mevali bog‘larning nazoratga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 2700,0 ming so‘m/ga gacha ortib, qo‘shimcha 10 sentner hosil zararkunandadan saqlab qolingan;
tengsiz ipakchi qurtlaridan ajratib olingan virusi Lymantria dispar multiple nucleopolyhedrovirus shtammi asosida yaratilgan VIRIN-LdU preparati Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mevali daraxtlardagi tengsiz ipakchi zararkunandasining kichik yoshdagi qurtlariga qarshi 0,25 ga maydonda qo‘llangan («O‘ZAGROKIMYOHIMOYA» AJning 2019 yil 3 iyundagi 02/13-575-son ma’lumotnomasi). Natijada 0,25 gektardan shartli sof foyda 23200,0 ming so‘mga teng bo‘lgan.