Janakova Durdona Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorag‘at (Ribes L.) navlarini tanlash va etishtirishning jadallashgan texnologiyasini ishlab chiqish», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx100.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Mirzoxidov Baxtiyor Djalalovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezavor meva plantatsiyalarini yaratish maqsadida qorag‘atning tur va navlarini tanlash va etishtirishning jadallashgan texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qorag‘atning introduksiya qilingan yangi qora turi (Ribes nigrum) va mahalliy navlari o‘sishi va rivojlanishining morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish asosida tomorqa er egalari va fermer xo‘jaliklariga mos istiqbolli nav namunalari tanlangan;
qorag‘atning introduksiya qilingan hamda mahalliy navlarining qurg‘oqchilikka chidamliligi baholangan;
qorag‘atning qora (Ribes nigrum) va oltinsimon (Ribes aureum) turlariga mansub istiqbolli navlarning hosildorligi va mevasining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
qorag‘at navlarining hosildorligi, iste’mol va tovarboplik ko‘rsatkichlarining o‘simlik qalinligiga bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorag‘atning introduksiya qilingan va mahalliy navlarini o‘rganish asosida istiqbolli nav namunalarni tanlash va o‘simliklarni joylashtirishning maqbul sxemasini tanlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Qorag‘at etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha» tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 02/030-1789-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma dehqon xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa maydonlarida qorag‘at etishtirish texnologiyasi bo‘yicha zarur tavsiyalar va agrotexnik tadbirlarini qo‘llashda hamda qorag‘at tuplarini parvarishlashda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
qorag‘atning Ribes aureum turiga mansub istiqbolli navlarini tanlash bo‘yicha yaratilgan ishlanma Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida 0,5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 02/030-1789-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tavsiya etilgan ishlanmalar qorag‘atning Ribes aureum turiga mansub istiqbolli «Uzbekskaya sladkaya» navlari rezavor meva bog‘larini barpo etishga xizmat qilgan;
qorag‘atning Ribes nigrum va Ribes aureum turlariga mansub istiqbolli navlarni tanlash bo‘yicha yaratilgan ishlanma Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Yangi hayot guzari» fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, Toshkent viloyati Parkent tumani «Changi agro servis» fermer xo‘jaligida 1,8 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 02/030-1789-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tavsiya etilgan ishlanmalar qorag‘atning Ribes nigrum turiga mansub «Yadryonaya» va Ribes aureum turiga mansub istiqbolli «Uzbekskaya sladkaya» navlari rezavor meva bog‘lari barpo qilingan;
ekish sxemasining qorag‘at navlari hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha yaratilgan ishlanma Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 02/030-1789 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 13,5 tonna yoki nazoratga nisbatan 3,3 tonna ko‘proq hosil olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 147% ni tashkil etgan;
ekish sxemasinining qorag‘at navlari hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri bo‘yicha yaratilgan ishlanma Toshkent viloyati Ohangaron tumani «Ohang asl tulpori» fermer xo‘jaligida 0,75 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 02/030-1789 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida gektaridan o‘rtacha 12,3 tonna yoki nazoratga nisbatan 2,1 tonna ko‘proq hosil olishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik 138% ni tashkil etgan.