Toreshova Amina Ubbiniyazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shimoliy Qoraqalpog‘iston hududida har xil saqlash sharoitida echkilarning mahsuldorlik xususiyatlari”, 06.02.03–Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx220.
Ilmiy rahbar: Bazarov Soli Rahmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Samarqand veterinariya medisinasi instituti, PhD.30.08.2018.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirzakul Sherqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Eshmatov Izzatillo Yangiboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlari sharoitida mahalliy echkilarning biologik va xo‘jalik xususiyatlari asosida ularning mahsuldorligini oshirishning resurstejamkor usullarini ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Shimoliy Qoraqalpog‘istonda turli saqlash sharoitida echkilarning mahsuldorlik xususiyatlari, konstitusional tiplari, o‘sish, rivojlanishi va morfologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
turli texnologiyalarda saqlangan mahalliy echkilarning mahsuldorligini oshirish yo‘llari asoslangan;
yil mavsumlariga bog‘liq holda echkilarning hayotchanlik va fiziologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
uloqlarni  “ajratish x emdirish” hamda saqlash sharoitining echkilar mahsuldorligiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududida  har xil saqlash sharoitida echkilarni asrashda ularning mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududida parvarishlanayotgan echkilarni har xil saqlash sharoitida go‘sht mahsuldorligini oshirishning resurstejamkor usullari Qorao‘zak tumani «Baxram shabandoz» chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo‘mitasining 2019 yil 15 apreldagi 25-04/127-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat guruhiga nisbatan tajribadagi echkilar go‘sht mahsuldorligining 5–6 kg ga ko‘payishi, rentabellik darajasini 31,1 foizga oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududida o‘stirilayotgan echkilarning yaylov sharoitida sut mahsuldorligini oshirish usullari  Qorao‘zak tumani  «Dastan sharua» chorvachilik fermer xo‘jaligida joriy etilgan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo‘mitasining 2019 yil 15 apreldagi 25-04/127-son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan tajriba guruhidagi echkilar sut mahsuldorligining 8–10 foizga oshishi natijasida rentabellik darajasini 30,8  foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududida o‘stirilayotgan echkilarning turli saqlash sharoitida jun mahsuldorligini oshirish usullari Qorao‘zak tumani «Soniyasharua» fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish  qo‘mitasining 2019 yil 15 apreldagi  25-04/127-son ma’lumotnomasi). Natijada nazoratga nisbatan tajriba guruhida jun mahsuldorligining 6–8 foizga oshishi rentabellik darajasini 28,6 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish