Xalilova Nargiza Jalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Angren havzasi sug‘oriladigan tuproqlari va ularning sifatini baholash», 03.00.13–Tuproqshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx397.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Ramazan, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Xamza Hamdamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Turdimetov Shaxobiddin Muxiddinovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Angren havzasida tarqalgan tuproqlarning xossa-xususiyatlarini sug‘orish ta’sirida o‘zgarishini aniqlash, evolyusion jarayonlarning jadalligini belgilash va unumdorligini baholash orqali tuproq unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy echimlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren havzasi sug‘oriladigan tuproqlarining shakllanishi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ma’lum vaqt va makonda tuproqlarning morfogenetik, kimyoviy, agrokimyoviy xususiyatlari hamda unumdorligining o‘zgarish qonuniyatlari ochib berilgan;
sug‘oriladigan tipik bo‘z, bo‘z voha, bo‘z-o‘tloqi, o‘tloqi va botqoq-o‘tloqi tuproqlaridagi oziqa elementlari, sho‘rlanish-sho‘rsizlanish jarayonlari, tuproq qoplamlarida sodir bo‘lgan evolyusion o‘zgarishlar dinamikasi aniqlangan;
olingan ma’lumotlarni avvalgi yillar tadqiqot natijalari bilan taqqoslash asosida hudud sug‘oriladigan tuproqlarining evolyusiyasi xarakteri va jadalligi bashorat qilingan;
hudud sug‘oriladigan tuproqlar 100 balli yopiq shkalada baholangan va agroguruhlarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Angren havzasi sug‘oriladigan tuproqlari va ularning sifatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 35,887 ming gektar sug‘oriladigan er maydonlari uchun ishlab chiqilgan 1:10000 miqyosli tuproq sifatini baholash kartalari tumandagi fermer xo‘jaliklar foydalanishlari uchun amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 avgustdagi 03-05-6312-son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi sug‘oriladigan tuproqlarning xossa-xususiyatlari va unumdorlik darajasiga qarab erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash, unumdorligi past bo‘lgan erlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi etishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan;
tuproq unumdorlik darajasini baholashda haydov qatlamidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdori bo‘yicha takomillashtirilgan bonitirovkalash koeffisienlaridan foydalanish hamda erlarning me’yoriy qiymatini hisoblash bo‘yicha tavsiyalardan Bo‘ka tumani sug‘oriladigan tuproqlarida foydalanilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 avgustdagi 03-05-6312-son ma’lumotnomasi). Natijada tumandagi sug‘oriladigan tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini hisobga olgan holda ball bonitetini yangidan aniqlash va unumdorlik darajasini belgilash imkonini bergan;
keng tarqalgan sug‘oriladigan tipik bo‘z va bo‘z-o‘tloqi tuproqli 1017,0 gektar er maydonlari uchun 1:5000 miqyosli harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy bilan ta’minlanganlik agroximkartogrammalari Bo‘ka tumanidagi “Achamayli” va “G‘.Azamatov” massivlarda amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 avgustdagi 03-05-6312-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar mineral o‘g‘itlar yillik me’yorlariga tuzatishlar kiritish, ularni maqbul me’yorlarda qo‘llash orqali oziqa elementlar muvozanatini barqarorlashtirishga imkon bergan;
tuproq qoplamlarida kechayotgan evolyusion jarayonlar ta’sirida tuproq xossa-xususiyatlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda jami 1606,8 gektar sug‘oriladigan erlarning 1:10000 miqyosli tuproq kartalari Bo‘ka tumani “Achamayli” massivida amaliyotga joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2019 yil 19 avgustdagi 03-05-6312-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish va muhofazalash hamda er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.